MAHALLA INSTITUTINI TASHKIL ETISH ASOSLARI VA SAMARALI FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Keywords:
mahalla, jamoatchilik, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish, ijtimoiy institut, davlat va jamiyat munosabati,xuquqiy , tarixiy, tashkiliy-amaliy va ijtimoiy-psixologik asoslari, faollar guruhi.Abstract
Mahalla – bu nafaqat fuqarolar yashash manzili, balki ularning o‘zaro ijtimoiy munosabatlari, hamkorlik va yordam shakllari, an’analar hamda madaniy merosini saqlovchi muhim ijtimoiy institut hisoblanib, asosan qo‘shnichilik munosabatlari, o‘zaro yordam, to‘y va marosimlarni tashkil etishda faol ishtirok etgan. Mahalla institutini tashkil etish qonun bilan kafolatlangan,tarixiy an’analarga asoslangan,jamiyatdagi aniq amaliy ehtiyojlarga javob beradigan tizimdir. U davlat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanat va muloqot ko‘prigi hisoblanadi. O‘zbekistonda mahalla instituti mustaqillik yillarida davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni ta’minlashda, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda muhim o‘rin egalladi. Ushbu maqolada mahalla institutini tashkil etishning huquqiy va ijtimoiy asoslari, uning tarixiy ildizlari, hamda hozirgi kundagi samarali faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek, mahalla tuzilmasining davlat va jamiyat o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in sifatidagi o‘rni ochib beriladi.
Downloads
References
1) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023.
2) “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun. – 1993
3) “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrir) 1999 yil.
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-4954-son, 2021 yil)“Mahallabay ishlash” tizimi, joylardagi muammolarni aniqlash va hal etish mexanizmi.
5) 2022–2026 yillarda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
6) Ahmedov J. “Mahalla institutining ijtimoiy rolini oshirishda innovatsion yondashuvlar”. Toshkent, 2022.
7) Karimov Sh. “O‘zbekistonda mahalla institutining shakllanishi va rivojlanishi”, Ilmiy nashr, 2021.
8) Rahmatov A.N. “Mahalla institutining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy funksiyalari” TDYUU, 2020 y
9) Statistika va tahliliy ma’lumotlar manbalari a. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi
10) Veb-sayt: stat.uz (https://stat.uz/)
11) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (UzA) va Mahalla va oilani qo‘llabquvvatlash vazirligi axborotlari
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
License Terms of our Journal