O‘QUVCHILARDA INTERNETGA QARAMLIK FENOMENINI ANIQLASH USULLARI VA BARTARAF ETISH BORASIDAGI MUAMMOLAR
Keywords:
Internetga qaramlik, onlayn o‘yinlar, ta’lim jarayoni, ijtimoiy tarmoqlar, pedagogik yondashuvlar, internetdan oqilona foydalanishAbstract
Ushbu maqolada internetga qaramlik muammosi, ayniqsa 7-9-sinf o‘quvchilari orasida keng tarqalganligi tahlil qilinadi. Internetning zamonaviy hayotdagi roli va uning o‘quvchilar hayotiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqola, internetning ijtimoiy, ruhiy va jismoniy salomatlikka, shuningdek, ta’limga bo‘lgan salbiy ta’sirini yoritadi. Internetga qaramlikning salbiy oqibatlari, uning o‘quvchilarning akademik faoliyatiga, ruhiy holatiga va ijtimoiy rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qilishda psixologik, pedagogik va ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladi. Shuningdek, internetga qaramlikni aniqlash usullari, masalan, so‘rovnomalar, testlar,
o‘quvchilarning internetdagi faoliyatini kuzatish va ijtimoiy-psixologik alomatlar orqali qaramlikning erta bosqichda aniqlanishi mumkinligi ta’kidlanadi. Internetga qaramlikni bartaraf etishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar va muammolar, shuningdek, internetdan oqilona foydalanish, vaqtni boshqarish, sog‘lom qiziqishlarni rivojlantirish zarurligi ko‘rsatilgan. Maqolada, shuningdek,
o‘quvchilarga internetdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish, ularni yangi qiziqishlarga yo‘naltirish va sog‘lom ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish orqali bu muammoning salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun tavsiyalar beriladi. Natijada, internetga qaramlikning oldini olish va uni bartaraf etish uchun jamiyat, ota-onalar va pedagoglarning birgalikdagi yondashuvi muhim ekanligi ta'kidlanadi.
Downloads
References
Egamberdiyev J. B. Onlayn internet o‘yinlariga qaramlikning turli xil ko‘rinishlari // Inter education & global study. – 2024. – Т. 10, № 1. – Б. 87-94.
Xakimova N. B. Internetga qaramlik muammosini o‘rganish // Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar. – Тошкент: Tashkent Medical Academy, 2023. – Т. 4. – Б. 859-864.
Sorokina A. B. Интернет в жизни современных детей и подростков: проблема и ресурс // Современная зарубежная психология. – 2015. – Т. 4, № 1. – С. 45-64.
Griffiths M. S. Does internet and computer "addiction" exist? Some case study examples // CyberPsychology & Behavior. – 2000. – Т. 3, № 2. – P. 145-152.
Caplan D. Problematic Internet use and psychosocial well-being:Development of a theory-based cognitive-behavioral model // Computers in Human Behavior. – 2002. – Т. 18, № 5. – P. 553-575.
Shapira D. Problematic internet use and young people: New research // Journal of Adolescent Health. – 2003. – Т. 33, № 3. – P. 222-229.
Young K. S. Internet addiction: The emergence of a new clinical disorder // CyberPsychology & Behavior. – 1998. – Т. 1, № 3. – P. 237–244.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution-NonCommercial-NoDerivatives 4.0 International License.
License Terms of our Journal.