Hurmatli kanalimiz obunachilari va mualliflar!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Prezidiumining 2024-yil 25-dekabrdagi 365/5-son qaroriga muvofiq, « INNOVATIONS IN SCIENCE AND TECHNOLOGIES» ilmiy elektron jurnali PhD va DSc ilmiy darajalari uchun dissertatsiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.
Jild 2 Nomeri 1 (2025): IQTIDOR
“Innovations in science and technologies” ilmiy-elektron jurnalining “Iqtidor” nomli maxsus soni ham OAK ro‘yxatiga kirgan jurnal maqolalari etib hisoblanadi.
“Innovations in science and technologies” ilmiy-elektron jurnali ISSN (International Standard Serial Number) xalqaro standart seriya raqamiga ega. “Innovations in science and technologies” ilmiy-elektron jurnaliga qabul qilingan maqolalarga 10 ish kunida Zenodo, Google scholar, ResearchGate, Academic Resource Index (ResearchBib) kabi xalqaro ilmiy bazalarida indekslanadi va jurnal elektron ilmiy bazasi http://innoist.uz ga joylanadi (“Iqtidor” nomli maxsus soni ham)
Ushbu jurnaning “Iqtidor” nomli maxsus soni ikki oyda bir marotaba elektron holatda nashr etib boriladi.


