##issue.vol## 1 ##issue.no## 3 (2024): INNOIST
“Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29-oktabrdagi PF-6097-sonli farmonida koʻzda tutilgan vazifalar, jumladan, “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” ijrosini ta’minlash maqsadida “Innovations in science and technologies” ilmiy-elektron jurnali tashkil etilgan. Jurnal Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.01.2024 yilda olingan №206463 sonli guvohnomaga ega.
“Innovations in science and technologies” ilmiy-elektron jurnali ISSN (International Standard Serial Number) xalqaro standart seriya raqamiga ega. “Innovations in science and technologies” ilmiy-elektron jurnaliga qabul qilingan maqolalarga 10 ish kunida DOI raqam olinadi va Zenodo, OpenAire, Cyberleninka, Google scholar, ResearchGate kabi xalqaro ilmiy bazalarida indekslanadi va jurnal elektron ilmiy bazasi innoist.uz ga joylanadi. Hozirda jurnalni O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiritish ishlari ketmoqda. “Innovations in Science and Technologies” jurnali Respublikamizdagi va Xalqaro oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va mustaqil ilmiy izlanuvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini ilmiy maqola tarzida chop etadi. Shuningdek jurnalga Xalqaro va Respublikamizning boshqa ilmiy dargohlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrlar va iqtidorli talabalar hamda ishlab chiqarish tashkilotlari va korxonalarida faoliyat ko‘rsatib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borayotgan xodimlarning ham ilmiy maqolalari kiritiladi. Ushbu jurnal bir oyda bir marotaba elektron holatda nashr etib boriladi.