TEMIR YO‘L TRANSPORT XIZMAT KO‘RSATISH SIFATINI BAHOLASH USLUBIYATI
{$ Etel}:
temir yo‘l transporti, xizmat sifati, integral indeks, yo‘lovchi tashish, yuk tashish, ishonchlilik, xavfsizlik, AHP, raqamli xizmatlar, iqtisodiy samaradorlik.Abstrak
Ushbu tadqiqotimizda temir yo‘l transporti xizmatlari sifatini baholashning nazariy va uslubiy asoslari takomillashtiriladi. Tadqiqotning dolzarbligi temir yo‘l xizmatlari bozorida tashish hajmi va moliyaviy tushumlar bilan bir qatorda, yo‘lovchi hamda yuk jo‘natuvchilar uchun muhim bo‘lgan ishonchlilik, xavfsizlik, harakat jadvaliga rioya etish, yetkazib berish muddati, qulaylik, tarif shaffofligi va raqamli axborot xizmatlarini yagona tizimda baholash zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotning maqsadi yo‘lovchi va yuk tashish segmentlarining xususiyatlarini hisobga oluvchi ko‘p mezonli integral baholash uslubiyatini ishlab chiqishdan iborat. Metodologik asos sifatida tizimli va qiyosiy tahlil, dinamik qatorlar tahlili, o‘sish sur’atlarini hisoblash, ko‘rsatkichlarni normallashtirish, Analitik iyerarxiya jarayoni (AHP) hamda kompozit indekslarni shakllantirish tamoyillaridan foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlari asosida yo‘lovchi tashish, yuk tashish, yo‘lovchi va yuk aylanmasi hamda temir yo‘l xizmatlari qiymati o‘rganildi. Tahlil 2020-yilda yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlarida keskin pasayish yuz berganini, keyingi yillarda tiklanish kuzatilganini, yuk tashish va yuk aylanmasi esa o‘sish yo‘nalishida bo‘lganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, tashish hajmi xizmat sifatining bevosita o‘lchovi emasligi asoslandi. Mualliflik taklifi sifatida yo‘lovchi va yuk tashish uchun alohida tarkibiy indekslar hamda ularni umumlashtiruvchi integral xizmat sifati indeksi ishlab chiqildi. Indeksni amaliy hisoblash uchun zarur bo‘lgan operatsion va iste’molchi ma’lumotlari, ularni normallashtirish va vaznlash tartibi belgilandi. Tadqiqot natijalari temir yo‘l korxonalarida xizmat sifatini muntazam monitoring qilish va boshqaruv qarorlarini dalillarga asoslangan holda qabul qilishga xizmat qiladi. Natijalar temir yo‘l xizmatlarini boshqarishda amaliy qo‘llash uchun yo‘nalishlarni belgilaydi.
##plugins.themes.default.displayStats.downloads##
Bibliografik havolalar
1. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-noyabrdagi O‘RQ-1006-son “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni. https://lex.uz/docs/724286 3
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. SIAT: Temir yo‘l transportida tashilgan yo‘lovchilar soni (yillik), 1.06.01.0012. https://siat.stat.uz/data/634/
3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. SIAT: Temir yo‘l transportida tashilgan yuklar hajmi (yillik), 1.06.01.0002. https://siat.stat.uz/data/525 /
4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. SIAT: Temir yo‘l transportining yuk aylanmasi (yillik), 1.06.01.0007; yo‘lovchi aylanmasi (yillik), 1.06.01.0019; temir yo‘l transporti xizmatlari qiymati (yillik), 1.05.01.0115. https://siat.stat.uz/data/536/
5. Parasuraman, A., Zeithaml, V. A., & Berry, L. L. (1988). SERVQUAL: A multipleitem scale for measuring consumer perceptions of service quality. Journal of Retailing, 64(1), 12–40.
6. Eboli, L., & Mazzulla, G. (2015). Relationships between rail passengers’ satisfaction and service quality: A framework for identifying key service factors. Public Transport, 7, 185–201. https://doi.org/10.1007/s12469-014-0096-x
7. Muni, M. S. H., Khan, M. M. R., Zafri, N. M., & Chowdhury, M. M. H. (2024). Relationships between service quality and customer satisfaction in rail freight transportation: A structural equation modeling approach. Journal of Rail Transport Planning & Management, 32, 100485. https://doi.org/10.1016/j.jrtpm.2024.100485
8. OECD/European Union/European Commission Joint Research Centre. (2008). Handbook on Constructing Composite Indicators: Methodology and User Guide. OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/9789264043466-en
9. Saaty, T. L. (1980). The Analytic Hierarchy Process: Planning, Priority Setting, Resource Allocation. McGraw-Hill.
10. Hwang, C. L., & Yoon, K. (1981). Multiple Attribute Decision Making: Methods and Applications. Springer.
11. Shannon, C. E. (1948). A mathematical theory of communication. Bell System Technical Journal, 27(3), 379–423; 27(4), 623–656.
12. Christopher, M. (2016). Logistics & Supply Chain Management (5th ed.). Pearson.
13. World Bank. (2023). Connecting to Compete 2023: Trade Logistics in an Uncertain Global Economy. World Bank, Washington, DC.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. https://lex.uz
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. https://lex.uz
16. Porter, M. E. (1985). Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. Free Press.
17. Lambert, D. M., Stock, J. R., & Ellram, L. M. (1998). Fundamentals of Logistics Management. Irwin/McGraw-Hill.
18. Hensher, D. A., Stopher, P., & Bullock, P. (2003). Service quality—developing a service quality index in the provision of commercial bus contracts. Transportation Research Part A: Policy and Practice, 37(6), 499–517.
Yuklamoq
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Guvohnoma
" Litsenziyasi "HRTPS://creseekommons.org/licenseommons.org/licens.org/licens.org/licens.org/licens.org/LICS/4.0/"> Litsenziyalarni litsenziyalash "litsenziyalari Axtibatish "(" Attributi ") 4.0 World
. P>License Terms of our Journal


