UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ILG‘OR XORIJ TAJRIBALARI
{$ Etel}:
umumiy ovqatlanish, samaradorlik, xorij tajribasi, fiskal shaffoflik, chek lotereyasi, gigiyena reytingi, onlayn sharhlar, oziq-ovqat chiqindilari, daromadni boshqarish, O‘zbekiston.Abstrak
Maqolada umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyati samaradorligini oshirishning ilg‘or xorij tajribalari tahlil qilinib, ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash imkoniyatlari baholangan. Mavzuning dolzarbligi mamlakatda yashash va ovqatlanish xizmatlari bozor xizmatlari tarkibida eng yirik ulushga ega bo‘lgani holda, sohada norasmiy faoliyat ulushi yuqori, soliq tushumlarining soha hajmiga nisbati esa bir foizdan past ekani bilan izohlanadi. Tadqiqotda AQSh, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Janubiy Koreya, Braziliya va Fransiya tajribalari qiyosiy tahlil, kontent-tahlil, ko‘p mezonli baholash va ssenariy modellashtirish usullari orqali o‘rganilgan. Natijalarga ko‘ra, xorij tajribalari to‘rt guruhga - fiskal shaffoflik, axborot va sifat, operatsion boshqaruv hamda resurs tejamkorligi vositalariga ajratildi. Koreyada naqd pul cheklari tizimi va kredit karta imtiyozlari natijasida kartalar bilan to‘lovlarning xususiy iste’moldagi ulushi 1999-yildagi 14,7 foizdan 2010- yilda 57,0 foizga oshgan, oziq-ovqat chiqindilarini qayta ishlash darajasi 97 foizdan oshgan. Ko‘p mezonli baholash O‘zbekiston uchun eng mos vositalar onlayn kassa va chek lotereyasi (4,60 ball), gigiyena reyting kartalari (4,20) va onlayn reyting platformalari (3,95) ekanini, restoranlar uchun QQS stavkasini pasaytirish esa eng kam samarali (2,40) ekanini ko‘rsatdi. Ssenariy hisob-kitoblariga ko‘ra, qayd etilgan tushumning 21 foizga oshishi soliq tushumlarini yiliga qariyb 0,36 trln so‘mga ko‘paytirishi mumkin. Shu asosda xorij tajribasini bosqichma-bosqich joriy etish bo‘yicha to‘rt bosqichli yo‘l xaritasi va har bir bosqich uchun monitoring ko‘rsatkichlari taklif etilgan. Natijalardan umumiy ovqatlanish sohasini tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash siyosatini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
##plugins.themes.default.displayStats.downloads##
Bibliografik havolalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qarori (Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga to‘langan QQSning bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom) // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-apreldagi PF-67-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-maydagi “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmoni. - URL: https://president.uz/oz/lists/view/9260.
4. Benzarti Y., Carloni D. Who really benefits from consumption tax cuts? Evidence from a large VAT reform in France // American Economic Journal: Economic Policy. - 2019. - Vol. 11, № 1. - P. 38-63.
5. Cash Receipt System // K-Developedia. - URL: https://www.kdevelopedia.org/Resources/view/--06201708030148364.do.
6. China’s Food Franchising Market in 2026 // China Briefing. - URL: https://www.china-briefing.com/news/chinas-food-franchising-market-in-2026/.
7. China’s restaurants are picking up, wine’s comeback is more complicated // Vino Joy News. - 05.03.2026. - URL: https://vino-joy.com/2026/03/05/chinas-restaurants-arepicking-up-wines-comeback-is-more-complicated/.
8. Choi Jeong-yoon. Data-driven incentives aim to curb growing environmental, fiscal burden // The Korea Herald. - 2025. - URL:
https://www.koreaherald.com/article/10638389.
9. Eurostat. Businesses in the accommodation and food services sector. Statistics Explained. - 2025. - URL: https://ec.europa.eu/eurostat/statisticsexplained/index.php/Businesses_in_the_accommodation_and_food_services_sector.
10. From Next Year, Souvenir Shops and Fishing Grounds Also Required to Issue Cash Receipts // The Asia Business Daily. - 19.12.2025. - URL: https://www.asiae.co.kr/en/article/2025121909515588538.
11. Harju J., Kosonen T., Nordström Skans O. Firm types, price-setting strategies, and consumption-tax incidence // Journal of Public Economics. - 2018. - Vol. 165. - P. 48-72.
12. Jin G.Z., Leslie P. The effect of information on product quality: Evidence from restaurant hygiene grade cards // Quarterly Journal of Economics. - 2003. - Vol. 118, № 2. - P. 409-451.
13. KDI School. Taxation Policy for Legalizing the Underground Economy // KDevelopedia. - URL: https://kdevelopedia.org/k-db-originals/taxation-policy-forlegalizing-the-underground-economy.
14. Kimes S.E. Implementing restaurant revenue management: A five-step approach // Cornell Hotel and Restaurant Administration Quarterly. - 1999. - Vol. 40, № 3. - P. 16-21.
15. Kleven H.J., Kreiner C.T., Saez E. Why can modern governments tax so much? An agency model of firms as fiscal intermediaries // Economica. - 2016. - Vol. 83, № 330. - P. 219-246.
Yuklamoq
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Guvohnoma
" Litsenziyasi "HRTPS://creseekommons.org/licenseommons.org/licens.org/licens.org/licens.org/licens.org/LICS/4.0/"> Litsenziyalarni litsenziyalash "litsenziyalari Axtibatish "(" Attributi ") 4.0 World
. P>License Terms of our Journal


