TRANSPORT XIZMATLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
{$ Etel}:
transport xizmatlari, hududiy nomutanosiblik, barqaror samaradorlik, Jini koeffitsiyenti, Teyl indeksi, konvergensiya, logistika markazlari, infratuzilma, raqamlashtirish, hududiy siyosat.Abstrak
Maqolada O‘zbekiston hududlari kesimida transport xizmatlari rivojlanishidagi nomutanosibliklar miqdoriy baholangan va ularni kamaytirish orqali transport xizmatlarining barqaror iqtisodiy samaradorligini ta’minlash yo‘llari asoslangan. Mavzuning dolzarbligi transport xizmatlari hajmining jadal o‘sishi fonida ularning hududlar bo‘yicha taqsimoti notekisligicha qolayotgani bilan izohlanadi. Tadqiqotda Milliy statistika qo‘mitasining 14 hudud bo‘yicha 2024-yil hamda 2025-yil yanvar-noyabr ma’lumotlari va doimiy aholi soni asosida aholi jon boshiga transport xizmatlari hisoblangan. Nomutanosiblik aholi soni bilan tortilgan Jini koeffitsiyenti, variatsiya koeffitsiyenti va Teyl indeksi orqali o‘lchangan, Teyl indeksi “Toshkent shahri - qolgan hududlar” guruhlari bo‘yicha dekompozitsiya qilingan, shuningdek konvergensiya ssenariylari tuzilgan. Natijalarga ko‘ra, Jini koeffitsiyenti 2023-yildagi 0,309 dan 2025-yil yanvar-noyabrda 0,344 gacha, Teyl indeksi esa 0,202 dan 0,257 gacha oshgan. Toshkent shahri aholining 8,3 foiziga ega bo‘lgani holda hududlarga taqsimlangan transport xizmatlarining 31,7 foizini bermoqda, aholi jon boshiga ko‘rsatkich bo‘yicha eng yuqori va eng past hudud o‘rtasidagi farq 10,4 baravarga yetgan. Umumiy nomutanosiblikning 87 foizi poytaxt va qolgan hududlar o‘rtasidagi tafovutga to‘g‘ri keladi, qolgan 13 hudud ichidagi Jini koeffitsiyenti esa 0,17 atrofida barqaror saqlanmoqda. Ssenariy hisobkitoblari poytaxt va hududlar o‘rtasidagi tafovutni o‘n yil ichida qariyb ikki baravar qisqartirish uchun hududlardagi real o‘sish poytaxtdagidan taxminan 10 foiz punkt yuqori bo‘lishi zarurligini ko‘rsatdi. Shu asosda infratuzilma, logistika, investitsiya, xizmatlar va raqamlashtirish yo‘nalishlarini birlashtiruvchi hududiy muvozanatlash mexanizmi hamda barqaror samaradorlikni ta’minlash yo‘nalishlari taklif etilgan. Natijalardan hududiy transport siyosatini ishlab chiqishda, investitsiyalarni taqsimlashda va siyosat natijalarini monitoring qilishda foydalanish mumkin.
##plugins.themes.default.displayStats.downloads##
Bibliografik havolalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “«O‘zbekiston - 2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. - URL: https://lex.uz/docs/6600413.
2. Arvis J.-F., Ojala L., Shepherd B., Ulybina D., Wiederer C. Connecting to Compete 2023: Trade Logistics in an Uncertain Global Economy. The Logistics Performance Index and Its Indicators. - Washington, DC: World Bank, 2023.
3. Aschauer D.A. Is public expenditure productive? // Journal of Monetary Economics. - 1989. - Vol. 23, № 2. - P. 177-200.
4. Banister D. The sustainable mobility paradigm // Transport Policy. - 2008. - Vol. 15, № 2. - P. 73-80.
5. Banister D., Berechman Y. Transport investment and the promotion of economic growth // Journal of Transport Geography. - 2001. - Vol. 9, № 3. - P. 209-218.
6. Barro R.J., Sala-i-Martin X. Convergence // Journal of Political Economy. - 1992. - Vol. 100, № 2. - P. 223-251.
7. Button K. Transport Economics. - 4th ed. - Cheltenham: Edward Elgar Publishing, 2022.
8. Delbosc A., Currie G. Using Lorenz curves to assess public transport equity // Journal of Transport Geography. - 2011. - Vol. 19, № 6. - P. 1252-1259.
9. Donaldson D. Railroads of the Raj: Estimating the impact of transportation infrastructure // American Economic Review. - 2018. - Vol. 108, № 4-5. - P. 899-934.
10. Faber B. Trade integration, market size, and industrialization: Evidence from China’s National Trunk Highway System // Review of Economic Studies. - 2014. - Vol. 81, № 3. - P. 1046-1070.
11. Hududlar kesimida transport xizmatlari, 2024-yil yanvar-dekabr (Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari) // Science and Research (inlibrary.uz). - 2025, oktabr. - B. 117. - URL: https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/137904.
12. Iammarino S., Rodríguez-Pose A., Storper M. Regional inequality in Europe: Evidence, theory and policy implications // Journal of Economic Geography. - 2019. - Vol. 19, № 2. - P. 273-298.
13. Krugman P. Geography and Trade. - Leuven: Leuven University Press; Cambridge, MA: MIT Press, 1991. - 142 p.
14. Krugman P. Increasing returns and economic geography // Journal of Political Economy. - 1991. - Vol. 99, № 3. - P. 483-499.
15. Lucas K. Transport and social exclusion: Where are we now? // Transport Policy. - 2012. - Vol. 20. - P. 105-113.
Yuklamoq
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Guvohnoma
" Litsenziyasi "HRTPS://creseekommons.org/licenseommons.org/licens.org/licens.org/licens.org/licens.org/LICS/4.0/"> Litsenziyalarni litsenziyalash "litsenziyalari Axtibatish "(" Attributi ") 4.0 World
. P>License Terms of our Journal


