HUDUDLARNING INVESTITSION SALOHIYATI VA IQTISODIY O‘SISHI O‘RTASIDAGI BOG‘LIQLIKNI EKONOMETRIK BAHOLASH
{$ Etel}:
hududiy iqtisodiyot, investitsion salohiyat, iqtisodiy o‘sish, investitsiyalar, asosiy kapitalga investitsiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, yalpi hududiy mahsulot, hududiy rivojlanish, hududlararo tafovutlar, ekonometrik baholash, panel ma’lumotlarAbstrak
Mazkur maqolada hududlarning investitsion salohiyati va iqtisodiy o‘sishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ekonometrik usullar asosida baholanadi. Tadqiqotda hududiy investitsion salohiyatni ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar, jumladan, asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, bank kreditlari, sanoat va infratuzilma rivojlanishi bilan bog‘liq omillarning hududiy iqtisodiy o‘sishga ta’siri tahlil qilinadi. Iqtisodiy o‘sishning asosiy natijaviy ko‘rsatkichi sifatida hududiy yalpi mahsulot hajmi va uning aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdoridan foydalanish nazarda tutiladi. Hududlar kesimidagi statistik ma’lumotlar asosida investitsion faollik va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi bog‘liqlikning yo‘nalishi, kuchi hamda statistik ahamiyati ekonometrik modellar yordamida aniqlanadi. Shuningdek, investitsiya resurslarining hududlar bo‘yicha notekis taqsimlanishi, investitsiyalardan foydalanish samaradorligi va ularning hududlararo iqtisodiy tafovutlarga ta’siri baholanadi. Tadqiqot natijalari asosida hududlarning investitsion salohiyatidan samarali foydalanish, investitsiya oqimlarini iqtisodiy jihatdan nisbatan sust rivojlangan hududlarga yo‘naltirish hamda hududiy iqtisodiy o‘sishning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi.
##plugins.themes.default.displayStats.downloads##
Bibliografik havolalar
[1] Dadaboyev, T. Y. (2021). Hudud sanoat korxonalarining investitsion faolligini oshirish yo‘llari (Namangan viloyati misolida). Iqtisodiyot va ta’lim, (4), 118–124.
[2] Ergashev, R. X., & Xamzayev, A. A. (2023). Hududlarda investitsiya loyihalarini samarali boshqarish va sanoat infratuzilmasini modernizatsiya qilish. Biznes-Ekspert, 6(186), 42–47.
[3] Mustafakulov Sh.I. O‘zbekiston–2030 strategiyasi: hududiy iqtisodiy rivojlanish doirasida viloyatlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish masalalari // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. – 2025.
[4] Krugman, P. (1991). Increasing returns and economic geography. Journal of Political Economy, 99(3), 483–499.
[5] Qodirov, A. M. (2020). O‘zbekiston hududlarining investitsion jozibadorligini baholash va hududlararo tafovutlarni qisqartirish omillari. Moliya va bank ishi, (3), 54–62.
[6] Sadikov, A. M. (2021). O‘zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini modellashtirish. Monografiya. Fan va texnologiya, Toshkent, 214 b.
[7] Tursunov, B. O. (2022). Econometric evaluation of the impact of small business development on regional economic growth in Uzbekistan. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 3(6), 112–124.
[8] Tursunov, B. O. (2022). Econometric evaluation of the impact of small business development on regional economic growth in Uzbekistan. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 3(6), 112–124.
[9] Romer, P. M. (1986). Increasing returns and long-run growth. Journal of Political Economy, 94(5), 1002–1037.
[10] O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. (2024). O‘zbekiston hududlarining yillik statistik to‘plami (2014–2023). Toshkent.
Yuklamoq
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Guvohnoma
" Litsenziyasi "HRTPS://creseekommons.org/licenseommons.org/licens.org/licens.org/licens.org/licens.org/LICS/4.0/"> Litsenziyalarni litsenziyalash "litsenziyalari Axtibatish "(" Attributi ") 4.0 World
. P>License Terms of our Journal


