QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINI BOSHQARISHNING RAQOBAT STRATEGIYALARI
{$ Etel}:
qurilish materiallari sanoati, raqobat strategiyasi, strategik boshqaruv, xarajatlar bo‘yicha yetakchilik, differensiatsiya, quvvatlardan foydalanish, sement, eksport, importni almashtirish, ekologik raqobatbardoshlik.Abstrak
Mazkur maqolada qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishda raqobat strategiyalarini tanlash va amalga oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi tarmoqning jadal o‘sishi bilan bir qatorda ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari shakllangani, narx raqobati kuchayib, korxonalar rentabelligi pasayish xavfi yuzaga kelgani bilan asoslangan. M. Porterning pozitsion yondashuvi, resurslarga asoslangan nazariya, dinamik qobiliyatlar, I. Ansoffning “mahsulot – bozor” matritsasi, strategik xulq-atvor tipologiyasi, quvvatlar strategiyasi, “moviy okean” va ekologik raqobatbardoshlik konsepsiyalari umumlashtirilib, ularning qurilish materiallari sanoatida qo‘llanilish xususiyatlari tizimlashtirilgan. Adabiyotlar tahlili kapital sig‘imi yuqori va mahsuloti standart bo‘lgan tarmoqlarda raqobat asosan xarajatlar va quvvatlardan foydalanish orqali kechishini, qo‘shilgan qiymati yuqori segmentlarda esa texnologik kompetensiyalar hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatgan. Tadqiqotda tizimli yondashuv, strategik tahlil, qiyosiy tahlil, guruhlash, statistik tahlil va iqtisodiy-matematik modellashtirish usullaridan foydalanilgan. O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining 2017– 2025-yillardagi rivojlanishi tahlil qilinib, tarmoq mahsuloti 2017–2024-yillarda 4,1 baravar o‘sgani, biroq sement ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi 50–55 foiz atrofida qolayotgani aniqlangan. Hisob-kitoblar 2030-yilgi maqsadlarga erishish uchun tarmoq mahsuloti va eksportning yillik o‘rtacha 7,6–7,7 foizlik o‘sishi yetarli ekanini ko‘rsatgan. Quvvatlardan to‘liq foydalanmaslikning mahsulot tannarxiga ta’siri baholanib, shartli misolda foydalanish darajasini 80 foizga oshirish birlik tannarxini taxminan 12,5 foizga kamaytirishi ko‘rsatilgan. Sement va klinker, shisha, keramika va gipsokarton, kaolin, mahalliy materiallar hamda “yashil” qurilish materiallari segmentlari bo‘yicha raqobat strategiyalari va ularni boshqarish vositalari taklif etilgan. Ortiqcha quvvatlar sharoitida yangi quvvatlarni kengaytirish emas, balki mavjud quvvatlardan foydalanishni eksport, kooperatsiya va energiya tejash orqali oshirish ustuvor bo‘lishi asoslangan. Natijalardan qurilish materiallari korxonalarining strategik rejalarini ishlab chiqishda va tarmoqni rivojlantirish dasturlarini takomillashtirishda foydalanish mumkin.
##plugins.themes.default.displayStats.downloads##
Bibliografik havolalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4198-son qarori. 20.02.2019-y. [Elektron resurs]. – URL: https://lex.uz/docs/-4207834
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4335-son qarori. 23.05.2019-y. [Elektron resurs]. – URL: https://lex.uz/docs/-4351738
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joylar qurilishini va qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-139-son qarori. 21.02.2022-y. [Elektron resurs]. – URL: https://lex.uz/uz/docs/-5871090
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. 28.01.2022-y. [Elektron resurs]. – URL: https://lex.uz
5. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati (2025-yil yanvar–dekabr) [Elektron resurs] // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. – 2026. – URL: https://stat.uz/img/news/talil-2025-jil-yanvar-dekabr-lotin-_p29731.pdf (murojaat sanasi: 09.10.2026).
6. Sement ishlab chiqarish hajmi 18,2 % ga o‘sgan [Elektron resurs] // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. – 22.07.2025. – URL: https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/62770-sement-ishlabchiqarish-hajmi-18-2-ga-o-sgan (murojaat sanasi: 09.10.2026).
7. O‘zbekiston sement sanoati: o‘sishdan samaradorlik modeliga o‘tish [Elektron resurs] // Review.uz. – 06.05.2026. – URL: https://review.uz/uz/post/ozbekistoncement-sanoati-tendenciyalari (murojaat sanasi: 09.10.2026).
8. Qurilish materiallari sohasida $2,4 mlrdlik loyihalarni amalga oshirish orqali 13,5 mingta ish o‘rni yaratiladi [Elektron resurs] // Spot.uz. – 20.11.2025. – URL: https://www.spot.uz/oz/2025/11/20/building-materials (murojaat sanasi: 09.10.2026).
9. O‘zbekiston qurilish materiallari eksportini 1,2 mlrd dollarga yetkazadi [Elektron resurs] // Caravan-info.uz. – 2025. – URL: https://caravaninfo.uz/uz/ekonomika/583067-uzbekistan-uvelichit-export-stroitelnyh-materialov-do-12-mlrd.html (murojaat sanasi: 09.10.2026).
10. Porter M.E. Competitive Strategy: Techniques for Analyzing Industries and Competitors [Text]: monograph. – New York: Free Press, 1980. – 396 p.
11. Porter M.E. Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance [Text]: monograph. – New York: Free Press, 1985. – 557 p.
12. Barney J. Firm resources and sustained competitive advantage [Text]: scientific article // Journal of Management. – 1991. – Vol. 17, No. 1. – P. 99–120.
13. Prahalad C.K., Hamel G. The core competence of the corporation [Text]: scientific article // Harvard Business Review. – 1990. – Vol. 68, No. 3. – P. 79–91.
14. Teece D.J., Pisano G., Shuen A. Dynamic capabilities and strategic management [Text]: scientific article // Strategic Management Journal. – 1997. – Vol. 18, No. 7. – P. 509–533.
15. Ansoff H.I. Strategies for diversification [Text]: scientific article // Harvard Business Review. – 1957. – Vol. 35, No. 5. – P. 113–124.
Yuklamoq
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Guvohnoma
" Litsenziyasi "HRTPS://creseekommons.org/licenseommons.org/licens.org/licens.org/licens.org/licens.org/LICS/4.0/"> Litsenziyalarni litsenziyalash "litsenziyalari Axtibatish "(" Attributi ") 4.0 World
. P>License Terms of our Journal


