OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM SIFATINI BOSHQARISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASH

Mualliflar

  • Abdullajon Mirzayev Muallif

{$ Etel}:

oliy ta’lim, ta’lim sifati, sifatni boshqarish, boshqaruv mexanizmi, tashkiliyiqtisodiy mexanizm, moliyaviy mexanizm, resurs ta’minoti, strategik boshqaruv, ta’lim xizmatlari, sifat nazorati.

Abstrak

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda oliy ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi tashkiliy-boshqaruv, moliyaviy, moddiy-texnik, mehnat, axborot, ilmiy-tadqiqot va innovatsion omillarning o‘zaro bog‘liqligi tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. Ta’lim sifatini boshqarishda strategik rejalashtirish, ichki va tashqi nazorat, resurslarni samarali taqsimlash, ta’lim xizmatlari iste’molchilari talablarini hisobga olish hamda teskari aloqa mexanizmlarining ahamiyati asoslangan. Tadqiqotda tizimli, qiyosiy, jarayonli va funksional tahlil, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, umumlashtirish hamda ilmiy abstraksiyalash usullaridan foydalanilgan. Oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini ta’minlash jarayonida ta’lim xizmatlari iste’molchilari, davlat, ish beruvchilar, kadrlar buyurtmachilari va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar alohida o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida ta’lim sifatini boshqarishning ko‘p bosqichli tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etilgan bo‘lib, unda strategik rejalashtirish, asosiy va yordamchi jarayonlarni aniqlash, mas’uliyat va vakolatlarni taqsimlash, resurslarni boshqarish, ta’lim sifatini monitoring qilish, natijalarni baholash va teskari aloqa asosida boshqaruv qarorlarini takomillashtirish bosqichlari o‘zaro integratsiyalashgan. Shuningdek, ta’lim sifatiga yo‘naltirilgan moliyaviy boshqaruv mexanizmi ishlab chiqilib, unda moliyaviy, moddiy-texnik, mehnat, axborot, metodik va ilmiy-innovatsion resurslarni boshqarishning o‘zaro bog‘liqligi asoslangan. Taklif etilgan mexanizmlarni amaliyotga joriy etish oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv samaradorligini oshirish, ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

##plugins.themes.default.displayStats.downloads##

##plugins.themes.default.displayStats.noStats##

Bibliografik havolalar

1. Drucker P.F. Management: Tasks, Responsibilities, Practices. – New York: Harper & Row Publishers, 1973. – 839 p.

2. Сикорская Л.В. Управление развитием высшего образования. – М.: Экономика, 2012. – С. 64–66.

3. Балыxин Г.А. Экономика образования. – М.: Дело, 2006. – С. 112–115.

4. Тихомиров В.П. Управление качеством образования. – М.: Академия, 2010. – С. 98–101.

5. Абдуқодиров А.Х. Таълим менежменти. – Т.: Фан, 2005. – Б. 72–75.

6. Ходиев Б.Ю. Инновацион иқтисодиёт. – Т.: Iqtisodiyot, 2015. – Б. 134–136.

7. Vahobov A.V., Maxmudov N.M. Iqtisodiyot nazariyasi. – T.: Sharq, 2019. – B. 215–218.

8. Ochilov A.O. Yuqori malakali kadrlar tayyorlashni boshqarish samaradorligini oshirish: iqtisodiyot fanlari doktori dissertatsiyasi. – Toshkent, 2019. – 244 b.

9. G‘ulomov S., Begalov B. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim sifatini yuksaltirish yo‘llari // Iqtisodiyot va ta’lim. – 2010. – №2. – B. 72–75.

10. UNESCO. Quality assurance in higher education. – Paris: UNESCO, 2024.

11. Martin M. Internal quality assurance and management: How to close the loop between evidence and decision-making. – Paris: UNESCO IIEP, 2018. – 4 p.

12. Martin M., Stella A. External quality assurance in higher education: Making choices. – Paris: UNESCO IIEP, 2007. – 146 p.

13. OECD. Assessment of Learning Outcomes in Higher Education: A Comparative Review of Selected Practices. OECD Education Working Papers, No. 15. – Paris: OECD Publishing, 2008. – DOI: 10.1787/244257272573.

14. OECD. Ensuring quality in VET and higher education: Getting quality assurance right. OECD Education Policy Perspectives. – Paris: OECD Publishing, 2025. – DOI: 10.1787/812ff006-en.

15. OECD. Fostering excellence in higher education and VET: Going beyond quality assurance. OECD Education Policy Perspectives, No. 119. – Paris: OECD Publishing, 2025. – DOI: 10.1787/e6862056-en.

16. OECD. Unlocking High-Quality Teaching. – Paris: OECD Publishing, 2025. – 244 p. – DOI: 10.1787/f5b82176-en.

17. Hénard F. Learning Our Lesson: Review of Quality Teaching in Higher Education. – Paris: OECD Publishing, 2010. – 113 p. – DOI: 10.1787/9789264079281-en.

18. OECD. Quality and Internationalisation in Higher Education. – Paris: OECD Publishing, 1999. – 272 p. – DOI: 10.1787/9789264173361-en.

19. Uvalic-Trumbic S., Martin M. A New Generation of External Quality Assurance: Dynamics of Change and Innovative Approaches. – Paris: UNESCO IIEP, 2021. – 109 p.

Nashr qilingan

2026-09-19

Nashr

Bo'lim

Iqtisodiyot