O‘ZBEKISTON TO‘QIMACHILIK SANOATIDA INSON KAPITALI, EKSPORT TRANSFORMATSIYASI VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGI

Mualliflar

  • Nilufar Yuldasheva Muallif
  • Ilmidin Yormatov Muallif

{$ Etel}:

to‘qimachilik sanoati, inson kapitali, mehnat unumdorligi, eksport, tayyor mahsulot, kompetensiya, ERP, HR analytics, xalqaro standartlar.

Abstrak

Mazkur maqolada O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining 2022–2025-yillardagi eksport faoliyati dinamikasi hamda tarmoqda inson kapitalining shakllanishi va rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda rasmiy statistik ma’lumotlar asosida dinamik, qiyosiy va tarkibiy tahlil usullaridan foydalanilgan hamda eksport ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tizimlashtirilgan. Tahlil natijalari to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik modernizatsiya va eksport salohiyati kengayib borayotganiga qaramay, malakali kadrlar ta’minoti, zamonaviy kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish, xalqaro standart va sertifikatlarga ega mutaxassislar ulushini oshirish, shuningdek, raqamli boshqaruv vositalaridan foydalanishda muayyan muammolar mavjudligini ko‘rsatadi. Xususan, ERP va HR analytics tizimlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi, ta’lim dasturlari bilan ishlab chiqarish ehtiyojlari o‘rtasidagi nomuvofiqlik hamda mehnat bozorida zamonaviy texnologiyalarni boshqarishga qodir mutaxassislar taqchilligi tarmoqning eksport samaradorligini cheklovchi omillar sifatida baholanadi. Shu asosda inson kapitalining mehnat unumdorligi, mahsulot sifati, ishlab chiqarish tannarxi, innovatsion faollik va eksport majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishga ta’sirini baholashga yo‘naltirilgan besh komponentli integral model taklif etilgan. Shuningdek, inson kapitalidan foydalanish samaradorligini muntazam monitoring qilish uchun kompetensiya, unumdorlik, malaka oshirish, raqamlashtirish va eksport natijadorligini qamrab oluvchi KPI tizimi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari inson kapitalini tarmoqning yordamchi resursi emas, balki investitsiyalar va texnologik imkoniyatlarni barqaror iqtisodiy natijaga aylantiruvchi strategik omil sifatida boshqarish zarurligini asoslaydi.

##plugins.themes.default.displayStats.downloads##

##plugins.themes.default.displayStats.noStats##

Bibliografik havolalar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. To‘qimachilik sohasidagi qo‘shimcha imkoniyat va vazifalar ko‘rsatib o‘tildi. 13.08.2025.

https://president.uz/uz/lists/view/8380

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. To‘qimachilik sanoatida yil yakunlari hamda kelgusi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi. 23.12.2025. https://president.uz/uz/lists/view/8828

3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi: 2025-yil yanvar-dekabr. Press-reliz. 21.01.2026. https://stat.uz/img/news/press-reliz-uzb_p58093.pdf

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-son Farmoni.https://lex.uz/docs/8050769

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni. “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risida. https://lex.uz/docs/6600413

6. Schultz, T. W. Investment in Human CapitalАмериканский экономический обзор, 1961, том 51, № 1, стр. 1-17.https://www.jstor.org/stable/1818907

7. Becker, G. S. Человеческий капитал: теоретический и эмпирический анализ с особым акцентом на образование. 3-е изд. Чикаго: Издательство Чикагского университета, 1993.412 https://press.uchicago.edu/ucp/books/book/chicago/H/bo3684031.html

8. Keeley, B. Human Capital: How What You Know Shapes Your Life. OECD Insights. Paris: OECD Publishing, 2007. 150 p. https://doi.org/10.1787/9789264029095-en

9. World Bank. About the Human Capital Project. https://www.worldbank.org/en/publication/human-capital/brief/about-hcp

10. Barney, J. Firm Resources and Sustained Competitive Advantage. Journal of Management, 1991, Vol. 17, No. 1, pp. 99-120.

https://doi.org/10.1177/014920639101700108

11. Huselid, M. A. Влияние методов управления человеческими ресурсами на текучесть кадров, производительность труда и финансовые показатели корпорации. Журнал Академии менеджмента, 1995, том 38, № 3, стр. 635-672.https://doi.org/10.5465/256741

12. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi: 2022-yil yanvar-dekabr. Press-reliz. https://stat.uz/images/uploads/docs/pressreliztashqisavdo202212uz.pdf

13. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi: 2023-yil yanvar-dekabr. Press-reliz. https://stat.uz/images/uploads/reliz-2023/tashqisavdopresreliz2023dekabruz.pdf

14. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi: 2024-yil yanvar-dekabr. Press-reliz. https://stat.uz/img/press_reliz_tashi_savdo_uzb_yanvar-dekabr_2024_p20124.pdf

15. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. O‘RQ-798-son, 28.10.2022. Amaldagi tahrir.https://lex.uz/uz/docs/-6257288?ONDATE=01.01.2026

16. Better Work. Better Work Uzbekistan programme. https://www.betterwork.org/uzbekistan/

17. Better Work. Better Work Uzbekistan Annual Report 2025: An Industry and Compliance Review. 04.06.2025.https://betterwork.org/reports-andpublications/better-work-uzbekistan-annual-report-2025-an-industry-and-compliancereview/

18. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi. To‘qimachilik mahsulotlari eksporti: 2024-yil yanvar-dekabr. 28.01.2025.https://farstat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mitayangiliklar/16586-to-qimachilik-mahsulotlari-eksporti-21.html

19. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi. Farg‘ona viloyatining tashqi savdo aylanmasi: 2025-yil yanvar-dekabr. Press-reliz. 20.01.2026. https://www.farstat.uz/uploads/press25/TS-PR-12-2025.pdf

20. Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi. Farg‘ona viloyatining sanoat ishlab chiqarishi: 2024-yil yanvar-dekabr. Press-reliz. https://www.farstat.uz/uploads/press24/SN-PR-12-2024.pdf

Nashr qilingan

2026-09-07

Nashr

Bo'lim

Iqtisodiyot