UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARINING MILLIY IQTISODIYOTDAGI ROLI VA AHAMIYATI
Ключевые слова:
umumiy ovqatlanish, yashash va ovqatlanish xizmatlari, milliy iqtisodiyot, xizmatlar sohasi, tarkibiy o‘zgarish, bandlik, turizm, hududiy rivojlanish, norasmiy iqtisodiyot, lokalizatsiya koeffitsiyenti.Аннотация
Maqolada umumiy ovqatlanish korxonalarining O‘zbekiston milliy iqtisodiyotidagi roli va ahamiyati makroiqtisodiy, hududiy, ijtimoiy va fiskal jihatlardan tadqiq etilgan. Mavzuning dolzarbligi xizmatlar sohasi tarkibiy o‘zgarishlar va turizm jadal o‘sayotgan sharoitda umumiy ovqatlanishning iqtisodiyotdagi o‘rni yetarlicha baholanmagani bilan izohlanadi. Tadqiqotda Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yilgi xizmatlar, yalpi ichki mahsulot, bandlik, korxonalar va turizm ma’lumotlari asosida tarkibiy tahlil, o‘sishga hissa, lokalizatsiya koeffitsiyenti, aholi soni bilan tortilgan Jini koeffitsiyenti va korrelyatsiya tahlili usullari qo‘llanilgan. Natijalarga ko‘ra, 2025-yilda yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 226,9 trln so‘mga yetib, real ifodada 10,4 foizga o‘sgan va bozor xizmatlari tarkibida 21,6 foiz ulush bilan eng yirik xizmat turiga aylangan, uning 95,9 foizini oziq-ovqat va ichimliklar bilan ta’minlash xizmatlari tashkil etgan. Toshkent shahridan tashqari hududlarda sohaning bozor xizmatlaridagi ulushi 31,3 foizni, Namangan viloyatida esa 41,9 foizni tashkil etadi. Aholi jon boshiga yashash va ovqatlanish xizmatlari bo‘yicha Jini koeffitsiyenti 0,167 bo‘lib, jami bozor xizmatlari (0,365) va transport xizmatlariga (0,344) nisbatan ikki baravar past, sohaning hududdagi ulushi bilan aholi jon boshiga xizmatlar darajasi o‘rtasidagi korrelyatsiya esa -0,77 ni tashkil etgan. Bu umumiy ovqatlanishning hududlar uchun bazaviy va tenglashtiruvchi xizmat ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, soha ko‘rsatkichlari norasmiy faoliyat baholarini o‘z ichiga olgani formallashtirish salohiyati yuqoriligini anglatadi. Shu asosda sohaning milliy iqtisodiyotdagi funksiyalari tizimlashtirilgan va uning rolini oshirish bo‘yicha formallashtirish, hududiy rivojlantirish, turizm bilan integratsiya va statistikani takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
Скачивания
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “«O‘zbekiston - 2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. - URL: https://lex.uz/docs/6600413.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qarori (Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga to‘langan QQSning bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom) // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-apreldagi PF-67-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-maydagi “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmoni. - URL: https://president.uz/oz/lists/view/9260.
5. Balaguer J., Cantavella-Jordá M. Tourism as a long-run economic growth factor: The Spanish case // Applied Economics. - 2002. - Vol. 34, № 7. - P. 877-884.
6. Baumol W.J. Macroeconomics of unbalanced growth: The anatomy of urban crisis // American Economic Review. - 1967. - Vol. 57, № 3. - P. 415-426.
7. Brida J.G., Cortes-Jimenez I., Pulina M. Has the tourism-led growth hypothesis been validated? A literature review // Current Issues in Tourism. - 2016. - Vol. 19, № 5. - P. 394-430.
8. Clark C. The Conditions of Economic Progress. - London: Macmillan, 1940.
9. Fisher A.G.B. Production, primary, secondary and tertiary // Economic Record. - 1939. - Vol. 15, № 1. - P. 24-38.
10. Hall C.M., Sharples L., Mitchell R., Macionis N., Cambourne B. (eds.) Food Tourism Around the World: Development, Management and Markets. - Oxford: Butterworth-Heinemann, 2003.
11. Herrendorf B., Rogerson R., Valentinyi Á. Growth and structural transformation // Handbook of Economic Growth. Vol. 2 / ed. by P. Aghion, S.N. Durlauf. - Amsterdam: Elsevier, 2014. - P. 855-941.
12. Hirschman A.O. The Strategy of Economic Development. - New Haven: Yale University Press, 1958.
13. Kleven H.J., Kreiner C.T., Saez E. Why can modern governments tax so much? An agency model of firms as fiscal intermediaries // Economica. - 2016. - Vol. 83, № 330. - P. 219-246.
14. Kuznets S. Modern Economic Growth: Rate, Structure and Spread. - New Haven: Yale University Press, 1966.
15. La Porta R., Shleifer A. Informality and development // Journal of Economic Perspectives. - 2014. - Vol. 28, № 3. - P. 109-126.
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
License Terms of our Journal


