TRANSPORT XIZMATLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILGANLIK DARAJASI VA SAMARADORLIGI TAHLILI

Авторы

  • Shaxnoza Kenjayeva Автор

Ключевые слова:

innovatsion texnologiyalar, transport xizmatlari, raqamlashtirish, joriy etilganlik darajasi, samaradorlik, elektron to‘lov, elektromobil, intellektual transport tizimlari, E-Permit, logistika samaradorligi indeksi.

Аннотация

Maqolada O‘zbekiston transport xizmatlarida innovatsion texnologiyalarning joriy etilganlik darajasi va ularning iqtisodiy hamda ijtimoiy samaradorligi tahlil qilingan. Mavzuning dolzarbligi transport xizmatlari hajmining tez o‘sishi, sohada raqamli va “yashil” texnologiyalarga talabning ortishi, “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasi doirasida soha raqamlashtirilayotgani va jamoat transportida naqd to‘lovdan elektron to‘lovga o‘tilayotgani bilan izohlanadi. Tadqiqotda Milliy statistika qo‘mitasi, Transport vazirligi, hududiy hokimliklar ma’lumotlari hamda Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksi (LPI) asosida 2021-2026- yillar davri o‘rganilgan. Innovatsiyalar olti yo‘nalishga ajratilib, ularning joriy etilganlik darajasi aniq mezonlarga asoslangan 0-4 ballik shkala yordamida baholangan, samaradorlik esa nisbiy ko‘rsatkichlar, dinamika va taqqoslash usullari bilan aniqlangan. Natijalarga ko‘ra, innovatsiyalarning integral joriy etilganlik darajasi 41,7 foizni tashkil etdi: jamoat transportida elektron to‘lov va temir yo‘llarni elektrlashtirish yuqori, elektr transport vositalari va intellektual transport tizimlari past darajada, yagona raqamli mobillik platformasi esa hali joriy etilmagan. Elektromobillar soni 15 oy ichida 88,2 foizga oshgan bo‘lsa-da, ularning yengil avtomobillar parkidagi ulushi 1,82 foizni, Toshkent shahrining ulushi esa 72,1 foizni tashkil etgan. Samarqanddagi elektrobus loyihasi yiliga taxminan 11,7 mln litr yoqilg‘i tejalishini ta’minlashi hisoblangan. Elektron to‘lov chegirmasi hududlar bo‘yicha 16,7 foizdan 50 foizgacha farq qilishi, Toshkent metrosida kunlik yo‘lovchilar soni 2021-yilga nisbatan 3,4 baravar oshgani aniqlandi. Logistika samaradorligi indeksida eng past ko‘rsatkichlar yuklarni kuzatish va infratuzilma bo‘yicha qayd etilgan. Tadqiqot asosida innovatsiyalarni hududlar bo‘yicha tekis yoyish, elektron to‘lov tariflarini muvofiqlashtirish, yuklarni kuzatish tizimlarini rivojlantirish va yagona raqamli platformani shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Taklif etilgan baholash shkalasidan Transport vazirligi va hududiy hokimliklar innovatsion loyihalarni ustuvorlashtirish va monitoring qilishda foydalanishi mumkin.

Скачивания

Данные по скачиваниям пока не доступны.

Библиографические ссылки

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “«Raqamli O‘zbekiston - 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. - URL: https://lex.uz/docs/5031048.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “«O‘zbekiston - 2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. - URL: https://lex.uz/docs/6600413.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-59-son qarori // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. - URL: https://lex.uz/docs/6386205.

4. Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi // Spot.uz. - 2025-yil 25-dekabr. - URL: https://www.spot.uz/oz/2025/12/25/nadijan-bus/.

5. Arvis J.-F., Ojala L., Shepherd B., Ulybina D., Wiederer C. Connecting to Compete 2023: Trade Logistics in an Uncertain Global Economy. The Logistics Performance Index and Its Indicators. - Washington, DC: World Bank, 2023.

6. Benzindan elektr quvvatiga o‘tish: O‘zbekiston avtomobil bozorining keskin transformatsiyasi // Anhor.uz. - URL: https://anhor.uz/uzl/news/ozbekiston-avtomobilbozorining-transformatsiyasi/.

7. Brynjolfsson E., Hitt L.M. Beyond computation: Information technology, organizational transformation and business performance // Journal of Economic Perspectives. - 2000. - Vol. 14, № 4. - P. 23-48.

8. Daraio C., Diana M., Di Costa F., Leporelli C., Matteucci G., Nastasi A. Efficiency and effectiveness in the urban public transport sector: A critical review with directions for future research // European Journal of Operational Research. - 2016. - Vol. 248, № 1. - P. 1-20.

9. Davis F.D. Perceived usefulness, perceived ease of use, and user acceptance of information technology // MIS Quarterly. - 1989. - Vol. 13, № 3. - P. 319-340.

10. Elektromobillar bo‘yicha rejalar // Spot.uz. - 2026-yil 10-yanvar. - URL: https://www.spot.uz/oz/2026/01/10/ev-plans/.

11. Jittrapirom P., Caiati V., Feneri A.-M., Ebrahimigharehbaghi S., Alonso-González M.J., Narayan J. Mobility as a Service: A critical review of definitions, assessments of schemes, and key challenges // Urban Planning. - 2017. - Vol. 2, № 2. - P. 13-25.

12. Kholodov Y., Jenelius E., Cats O., van Oort N., Mouter N., Cebecauer M., Vermeulen A. Public transport fare elasticities from smartcard data: Evidence from a natural experiment // Transport Policy. - 2021. - Vol. 105. - P. 35-43.

13. Lajunen A., Lipman T. Lifecycle cost assessment and carbon dioxide emissions of diesel, natural gas, hybrid electric, fuel cell hybrid and electric transit buses // Energy. - 2016. - Vol. 106. - P. 329-342.

14. Metrodagi kunlik yo‘lovchilar soni milliondan oshdi: Transport tizimida 2025-yil sarhisobi // Anhor.uz. - URL: https://anhor.uz/uzl/news/transport-2025-sarhisob/.

15. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali. Samarkand to receive another 250 electric buses. - 2026-yil 18-mart. - URL: https://gov.uz/en/news/view/143867.

Опубликован

2026-11-25

Выпуск

Раздел

Экономика

Как цитировать

TRANSPORT XIZMATLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILGANLIK DARAJASI VA SAMARADORLIGI TAHLILI. (2026). Инновации в науке и технологиях, 3(11), 674-687. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1880