SAMARQAND SHAHRIDAGI UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI INSTITUTSIONAL VOSITALAR ASOSIDA OSHIRISH
Ключевые слова:
umumiy ovqatlanish korxonalari, iqtisodiy samaradorlik, institutsional vositalar, soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, soddalashtirilgan soliq rejimi, naqd pulsiz to‘lovlar, transaksiya xarajatlari, turizm, Samarqand shahri.Аннотация
Maqolada Samarqand shahridagi umumiy ovqatlanish korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirishda institutsional vositalarning: soliq imtiyozlari, qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) qisman qaytarish, soddalashtirilgan soliq rejimi, naqd pulsiz to‘lovlarni rag‘batlantirish, mehnat va ijara munosabatlarini soddalashtirish hamda nazorat yuklamasini kamaytirish choralarining roli tadqiq etilgan. Mavzuning dolzarbligi Samarqandning turizm markazi sifatida tez rivojlanayotgani va 2024-2026-yillarda soha uchun qator yangi institutsional choralar qabul qilingani bilan izohlanadi. Tadqiqotda tizimli tahlil, mazmun tahlili, taqqoslash, modellashtirish va sezgirlik tahlili usullari qo‘llanilib, Samarqand viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlari, normativ-huquqiy hujjatlar tahlili va shartli korxona modeli asosida turli soliq rejimlarida sof foyda va soliq yuki solishtirilgan. 2024-2026-yillarda qabul qilingan 10 ta institutsional vosita soliq yuki, xarajatlar, daromad va transaksiya xarajatlariga ta’sir kanallari bo‘yicha tizimlashtirilgan. Natijalarga ko‘ra, 2024-yilda Samarqand shahri viloyat yashash va ovqatlanish xizmatlarining hududlar bo‘yicha taqsimlangan hajmining 58,7 foizini ta’minlagan, shahar mehmonxonalarida joylashtirilganlar soni 2025-yilda 72,8 foizga oshgan. Modellashtirish 2025-yildan amal qilayotgan imtiyozlar shartli korxonaning sof foydasini imtiyozsiz rejimga nisbatan 18,2-27,6 foizga oshirishini, naqd pulsiz tushum sharti esa sof foydada 7,9 foizlik farq yaratganini ko‘rsatdi. Soddalashtirilgan 6 foizlik QQS rejimi QQS hisobvarag‘i bilan xarid qilingan resurslar ulushi 58,6 foizdan past bo‘lgan korxonalar uchun afzal ekani aniqlandi. Tadqiqot asosida korxonalarga soliq rejimini tanlashda maslahat berish, imtiyozlarni qo‘llash amaliyotini monitoring qilish va shahar darajasidagi institutsional vositalarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Shuningdek, soliq yukini kamaytirish va tushum shaffofligini saqlash maqsadlari o‘rtasidagi ziddiyat aniqlanib, uni yumshatish yo‘llari ko‘rsatilgan. Natijalardan Samarqand shahar hokimligi, soliq organlari va tadbirkorlar qaror qabul qilishda foydalanishi mumkin.
Скачивания
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-son Qonun bilan tasdiqlangan) // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. - URL: https://lex.uz/docs/4674902.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-132-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. - URL: https://lex.uz/docs/7089549.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 745-son qarori (Umumiy ovqatlanish, mehmonxona va turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga budjetga to‘langan QQSning bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom) // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-apreldagi PF-67-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi PF-87-son Farmoni // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-maydagi “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmoni. - URL: https://president.uz/oz/lists/view/9260.
7. 2025-yilda umumiy ovqatlanish korxonalari uchun QQSni qaytarish shartlarida nimalar o‘zgaryapti (PF-67-son) // Buxgalter.uz. - URL: https://buxgalter.uz/oz/publish/doc/text207823_2025_yilda_umumiy_ovqatlanish_korhonalari_uchun_qqsni_qaytarish_shartlarida_nimalar_uzgaryapti_pf-67-son.
8. Acemoglu D., Johnson S., Robinson J.A. Institutions as a fundamental cause of longrun growth // Handbook of Economic Growth / ed. by P. Aghion, S. Durlauf. - Amsterdam: Elsevier, 2005. - Vol. 1A. - P. 385-472.
9. Coase R.H. The nature of the firm // Economica. - 1937. - Vol. 4, № 16. - P. 386-405.
10. De Soto H. The Other Path: The Invisible Revolution in the Third World. - New York: Harper & Row, 1989.
11. Djankov S., La Porta R., Lopez-de-Silanes F., Shleifer A. The regulation of entry // Quarterly Journal of Economics. - 2002. - Vol. 117, № 1. - P. 1-37.
12. Kleven H.J., Kreiner C.T., Saez E. Why can modern governments tax so much? An agency model of firms as fiscal intermediaries // Economica. - 2016. - Vol. 83, № 330. - P. 219-246.
13. La Porta R., Shleifer A. Informality and development // Journal of Economic Perspectives. - 2014. - Vol. 28, № 3. - P. 109-126.
14. Naritomi J. Consumers as tax auditors // American Economic Review. - 2019. - Vol. 109, № 9. - P. 3031-3072.
15. North D.C. Institutions, Institutional Change and Economic Performance. - Cambridge: Cambridge University Press, 1990.
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
License Terms of our Journal


