O‘ZBEKISTON–TURKIYA INVESTITSIYAVIY HAMKORLIGI: RIVOJLANISH DINAMIKASI, MAVJUD IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA)

Авторы

  • Azimjon Yuldashev Автор

Ключевые слова:

investitsiya, sanoat kooperatsiyasi, sanoat zonasi, texnologiyalar transferi, eksport, Farg‘ona, Turkiya, xorijiy investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, ishlab chiqarish, iqtisodiy integratsiya, mahalliylashtirish, sanoat klasteri, raqobatbardoshlik, qo‘shilgan qiymat, iqtisodiy hamkorlik, investitsiya muhiti.

Аннотация

Maqolada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi investitsiyaviy hamkorlikning rivojlanish dinamikasi, tarkibiy xususiyatlari va istiqbolli yo‘nalishlari statistik, qiyosiy hamda institutsional tahlil asosida kompleks o‘rganilgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi, qo‘shma korxonalar faoliyati va sanoat kooperatsiyasining hududiy iqtisodiy rivojlanishdagi ahamiyati yoritilgan. Xususan, Farg‘ona viloyatining tabiiy-resurs, mehnat, ishlab chiqarish va logistika salohiyati investitsiyalarni jalb etish nuqtayi nazaridan tizimlashtirilgan. Quva tumanidagi Turon-Turk sanoat zonasi misolida O‘zbekiston va Turkiya tadbirkorlari o‘rtasidagi hududlararo sanoat hamkorligini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda sanoat zonasining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, ilg‘or texnologiyalar transferini jadallashtirish, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport geografiyasini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, investitsiya loyihalarini tanlash, moliyalashtirish, amalga oshirish va monitoring qilishning tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Hududiy ishlab chiqarish kooperatsiyasini shakllantirish, mahalliy korxonalarni xalqaro qiymat zanjirlariga integratsiyalash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishning iqtisodiy imkoniyatlari asoslangan. Tadqiqot natijalari Farg‘ona viloyatida Turkiya investitsiyalaridan samarali foydalanish, sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladi. Taklif etilgan yondashuvdan hududiy investitsiya strategiyalarini ishlab chiqish va qo‘shma loyihalarni boshqarishda foydalanish mumkin.

Скачивания

Данные по скачиваниям пока не доступны.

Библиографические ссылки

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Outcomes of High-Level Meeting Formalized in Bilateral Documents. 29.10.2026.

2. Hukumat portali. The First Meeting of the High-Level Business Support Council. Toshkent, 18–19.11.2026.

3. Javorcik B.S. Does Foreign Direct Investment Increase the Productivity of Domestic Firms? In Search of Spillovers Through Backward Linkages. American Economic Review, 2004, 94(3), 605–627.

4. Wong M.D., Buba J. Special Economic Zones: An Operational Review of Their Impacts. World Bank, 2017, No. 121958.

5. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. «Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida». 17.02.2020, O‘RQ-604.

6. Qosimova M. Turkiya – O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlaridan biri. O‘zA, 29.01.2026.

7. National Statistics Committee. Foreign Trade Turnover of the Republic of Uzbekistan: Preliminary Data for January–December 2025. 21.01.2026.

8. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo hajmi ikki baravarga oshiriladi. 16.05.2025.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Farg‘ona viloyatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. 28.04.2026.

10. O‘zA. Endi Farg‘onada xorijiy sanoat zonasi bo‘ladi. 13.02.2026.

11. O‘zA. Farg‘ona–Turkiya: hamkorlik imkoniyatlari. 13.05.2026.

12. Obidov M. A Foreign Industrial Zone to Be Established in Fergana. O‘zA, 14.02.2026.

13. O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida». 25.12.2019, O‘RQ-598.

Опубликован

2026-11-24

Выпуск

Раздел

Экономика

Как цитировать

O‘ZBEKISTON–TURKIYA INVESTITSIYAVIY HAMKORLIGI: RIVOJLANISH DINAMIKASI, MAVJUD IMKONIYATLAR VA ISTIQBOLLAR (FARG‘ONA VILOYATI MISOLIDA). (2026). Инновации в науке и технологиях, 3(11), 817-826. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1869