MILLIY IQTISODIYOTDA OZIQ-OVQAT SANOATINING TARKIBIY TUZILISHI VA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI

Авторы

  • Dildora Raxmonberdiyevna To‘xtasinova dotsent, Farg‘ona texnika universiteti Автор

Ключевые слова:

oziq-ovqat sanoati, tarkibiy tuzilish, kompleks tarmoqlar, aholi jon boshiga ishlab chiqarish, dinamik qatorlar, qo‘shilgan qiymat, oziq-ovqat xavfsizligi, raqobatbardoshlik, korxonalarni joylashtirish, vertikal integratsiya

Аннотация

Maqolada milliy iqtisodiyotda oziq-ovqat sanoatining tarkibiy tuzilishi va rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Adabiyotlar sharhi mahalliy tadqiqotlar asosan korxona darajasidagi boshqaruv va strategiyaga, xorijiy ishlar esa qiymat zanjiri va sifat standartlariga e’tibor qaratishini, tarmoqning milliy darajadagi tarkibiy tuzilishi va aholi jon boshiga ishlab chiqarish dinamikasi esa yetarlicha o‘rganilmaganini ko‘rsatdi. Tadqiqotning maqsadi oziq-ovqat sanoatining tarkibiy tuzilishini o‘rganish hamda istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlarini asoslashdan iborat; tadqiqot obyekti oziq-ovqat sanoati, predmeti esa uning tarkibiy tuzilishi va rivojlanish yo‘nalishlaridir. Ilmiy yangilik tarmoq xususiyatlari, joylashtirish omillari va aholi jon boshiga ishlab chiqarish dinamikasini yagona tizimda ko‘rib chiqishdan iborat. Metodologik asos sifatida ilmiy adabiyotlarning integrativ sharhi, tizimli va tarkibiy tahlil hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining 2010–2025-yillardagi ma’lumotlarini dinamik qatorlar usulida o‘rganish qo‘llanildi; aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmi va uning yillik nisbiy o‘zgarishi joriy narxlarda hisoblandi. Hisob-kitoblar 16 ta yillik kuzatuv asosida takrorlanishi mumkin bo‘lgan tartibda bajarildi. Natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston sanoati 18 ta kompleks tarmoqdan iborat bo‘lib, ularga kiruvchi 166 ta kichik tarmoqning 22 tasi (13,3 foiz) oziq-ovqat sanoatiga to‘g‘ri keladi. 2010–2025-yillarda aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 187,0 ming so‘mdan 3 977,3 ming so‘mgacha, ya’ni 21,3 baravar oshdi (o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 22,6 foiz); yillik nisbiy o‘zgarish 2017-yilda 1,9 foizni, 2024-yilda esa 51,2 foizni tashkil etdi. Muhokamada natijalar mavjud ilmiy qarashlar bilan qiyoslandi, nominal qiymatlardan foydalanish cheklov sifatida ko‘rsatildi hamda texnologik modernizatsiya, vertikal integratsiya, logistika infratuzilmasi, sifat standartlari va hududiy joylashtirishga oid takliflar asoslandi. Natijalar ichki bozorni ta’minlash va eksport salohiyatini oshirishga oid qarorlar uchun asos bo‘lishi hamda oziq-ovqat xavfsizligi siyosatini takomillashtirishda foydalanilishi mumkin.

Скачивания

Данные по скачиваниям пока не доступны.

Библиографические ссылки

1. Angelina I.A., Salita S.V. Otsenka konkurentosposobnosti predpriyatiy pishchevoy promyshlennosti: metodicheskiy aspekt // Vestnik instituta ekonomicheskikh issledovaniy. 2018. № 4(12). S. 34–41. (rus tilida)

2. Arxipov V.M. Strategicheskiy menedzhment: uchebnoe posobie. SPb: Izd-vo SPb gos. in-ta ekonomiki i finansov, 1998. 161 s. (rus tilida)

3. Davis J.H., Goldberg R.A. A Concept of Agribusiness. Boston: Harvard University, Graduate School of Business Administration, 1957.

4. FAO, IFAD, UNICEF, WFP, WHO. The State of Food Security and Nutrition in the World 2024. Rome: FAO, 2024.

5. Gereffi G., Humphrey J., Sturgeon T. The governance of global value chains //Review of International Political Economy. 2005. Vol. 12, No. 1. P. 78–104.

6. Henson S., Reardon T. Private agri-food standards: implications for food policy and the agri-food system // Food Policy. 2005. Vol. 30, No. 3. P. 241–253.

7. Polojentseva Yu.S., Klevtsova M.G. Transformatsiya razvitiya promyshlennogo kompleksa v usloviyakh tsifrovoy ekonomiki // Vestnik universiteta. 2021. № 2. S. 71–79. DOI: 10.26425/1816-4277-2021-2-71-79. (rus tilida)

8. Poluxin A.A. Organizatsionno-ekonomicheskiy mekhanizm modernizatsii selskogo khozyaystva Rossii // Agrarnaya Rossiya. 2022. № 5. S. 23–29. (rus tilida)

9. Porter M.E. The Competitive Advantage of Nations. New York: Free Press, 1990.

10. Reardon T., Echeverria R., Berdegué J., Minten B., Liverpool-Tasie S., Tschirley D., Zilberman D. Rapid transformation of food systems in developing regions: highlighting the role of agricultural research & innovations // Agricultural Systems. 2019. Vol. 172. P. 47–59. DOI: 10.1016/j.agsy.2018.01.022.

11. Reardon T., Timmer C.P. Five inter-linked transformations in the Asian agrifood economy: food security implications // Global Food Security. 2014. Vol. 3, No. 2. P. 108–117.

12. Shatalova A.N. Osobennosti formirovaniya strategii ustoychivogo razvitiya predpriyatiy pishchevoy promyshlennosti // Nauchnyy zhurnal NIU ITMO. Seriya: Ekonomika i ekologicheskiy menedzhment. 2020. № 2. (rus tilida)

13. Snyder H. Literature review as a research methodology: an overview and guidelines // Journal of Business Research. 2019. Vol. 104. P. 333–339.

14. Torraco R.J. Writing integrative literature reviews: guidelines and examples //Human Resource Development Review. 2005. Vol. 4, No. 3. P. 356–367.

15. Trienekens J., Zuurbier P. Quality and safety standards in the food industry, developments and challenges // International Journal of Production Economics. 2008. Vol. 113, No. 1. P. 107–122.

16. Umarov I.Yu. Oziq-ovqat sanoatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish (Andijon viloyati misolida): i.f.n. diss. Andijon: AMII, 2019. 149 b.

17. Vetrova E.N., Lapochkina L.V. Transformatsiya promyshlennogo razvitiya na sovremennom etape razvitiya ekonomiki // Nauchno-tekhnicheskie vedomosti SPbGPU. Ekonomicheskie nauki. 2016. № 3(245). S. 38–47. DOI: 10.5862/JE.245.4. (rus tilida)

18. Ziyavitdinova N.M. Oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini oshirish: i.f.n. diss. Buxoro: BuxOZ-OVYeSTI, 2016. 155 b.

Опубликован

2026-11-09

Выпуск

Раздел

Экономика

Как цитировать

MILLIY IQTISODIYOTDA OZIQ-OVQAT SANOATINING TARKIBIY TUZILISHI VA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI. (2026). Инновации в науке и технологиях, 3(11), 862-874. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1868