AHOLI BANDLIGI NAZARIYALARI VA MAHALLAVIY BANDLIK MODELLARI
Ключевые слова:
aholi bandligi, mahalla, mehnat bozori, mahallaviy bandlik, jamoat ishlari, kooperatsiya, inson kapitali, faol mehnat bozori siyosati, raqamli moslashtirishАннотация
Maqolada aholi bandligini ta’minlashning klassik, neoklassik, keynscha, inson kapitali, qidiruv va moslashuv hamda institutsional nazariy yondashuvlari mahallaviy mehnat bozori xususiyatlari nuqtayi nazaridan tizimli tahlil qilingan. Xususan, mazkur nazariyalarning mahallalarda ish o‘rinlarini yaratish, mehnat resurslaridan samarali foydalanish, kasbiy malakani oshirish va barqaror bandlikni ta’minlashdagi o‘rni yoritilgan. Xalqaro tajriba sifatida Irlandiyaning Community Employment dasturi, Hindistonning MGNREGA dasturi va 2026-yil 1-iyuldan amal qilayotgan VB-G RAM G qonuni, Janubiy Afrika Respublikasining EPWP va CWP dasturlari hamda O‘zbekistonda joriy etilgan mahallabay ishlash tizimi va haq to‘lanadigan jamoat ishlari mexanizmlari qiyosiy o‘rganilgan. Tahlillar asosida mahalliy mehnat bozorida talab va taklif muvozanatini ta’minlash, aholi bandligini oshirish hamda mehnat resurslarini iqtisodiy faoliyatga jalb etishga yo‘naltirilgan besh bosqichli mahallaviy bandlik modeli ishlab chiqilgan. Taklif etilgan model jamoa ehtiyojlarini aniqlash, ish beruvchilar talabini o‘rganish, kasbiy tayyorgarlikni tashkil etish, kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish va raqamli vositalar orqali mehnat resurslarini moslashtirish bosqichlarini qamrab oladi. Tadqiqot metodologiyasi ilmiy adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar va xalqaro tajribani sifat jihatidan qiyosiy tahlil qilishga asoslangan. Modelning iqtisodiy samaradorligi empirik jihatdan tasdiqlanmagan bo‘lib, uni baholash uchun bandlik qamrovi, ishga joylashish darajasi, olti oylik bandlik barqarorligi, bir ish o‘rniga sarflangan xarajatlar va sof ta’sir ko‘rsatkichlari asosida pilot tadqiqot o‘tkazish metodikasi taklif etilgan.
Скачивания
Библиографические ссылки
1. Spot.uz. O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 5 foizdan pasaydi (Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumoti). – 2025-yil 13-noyabr. – https://www.spot.uz/oz/2025/11/13/unemployment/
2. Anhor.uz. O‘zbekistonda ishsizlik darajasi pasaydi. – https://anhor.uz/uzl/news/o-zbekistonda-ishsizlik-darajasi-pasaydi/
3. UNDP, Center for Economic Research and Reforms. Informal Employment in Uzbekistan. – 2025. – https://www.undp.org/node/549611
4. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-son «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonuni. – https://lex.uz/docs/-5055690
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PF-29-son «Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi Farmoni. – https://president.uz/oz/lists/view/4868
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PQ-31-son «Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori. – https://lex.uz/docs/-5758155
7. Smith A. An Inquiry into the Nature and Causes of the Wealth of Nations. – London: W. Strahan and T. Cadell, 1776.
8. Ricardo D. On the Principles of Political Economy and Taxation. – London: John Murray, 1817.
9. Keynes J. M. The General Theory of Employment, Interest and Money. – London: Macmillan, 1936. – Ch. 2, p. 4 ff.; ch. 3. – https://www.hetwebsite.net/het/texts/keynes/gt/chap02.htm
10. Becker G.S. Human Capital: A Theoretical and Empirical Analysis, with Special Reference to Education. – New York: Columbia University Press for NBER, 1964.
11. Mortensen D. T., Pissarides C. A. Job Creation and Job Destruction in the Theory of Unemployment. – Review of Economic Studies, 1994. – Vol. 61, No. 3. – P. 397–415. – https://doi.org/10.2307/2297896
12. Pissarides C.A. Equilibrium Unemployment Theory. 2nd ed. – Cambridge, MA: MIT Press, 2000.
13. Shapiro C., Stiglitz J.E. Equilibrium Unemployment as a Worker Discipline Device. – American Economic Review, 1984. – Vol. 74, No. 3. – P. 433–444.
14. Granovetter M.S. The Strength of Weak Ties. – American Journal of Sociology, 1973. – Vol. 78, No. 6. – P. 1360–1380.
15. Harris J.R., Todaro M.P. Migration, Unemployment and Development: A Two-Sector Analysis. – American Economic Review, 1970. – Vol. 60, No. 1. – P. 126–142.
16. Blanchard O.J., Katz L.F. Regional Evolutions. – Brookings Papers on Economic Activity, 1992. – No. 1. – P. 1–75.
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
License Terms of our Journal


