PAXTA-TO‘QIMACHILIK VA TIKUVCHILIK KLASTERLARINING IQTISODIYOTDAGI O‘RNI VA ASOSIY KO‘RSATKICHLARI TAHLILI
{$ Etel}:
paxta-to‘qimachilik klasteri, tikuvchilik, ishlab chiqarish, eksport, bandlik, investitsiya, rentabellik, unumdorlik, raqobatbardoshlik, qo‘shilgan qiymat.Abstrak
Mazkur maqolada paxta-to‘qimachilik va tikuvchilik klasterlarining O‘zbekiston milliy iqtisodiyotidagi o‘rni, ularning ishlab chiqarish, eksport, bandlik, investitsiya va qo‘shilgan qiymat yaratish jarayonlariga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi klasterlar faoliyatining iqtisodiy samaradorligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish, to‘qimachilik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash darajasini baholash hamda tarmoqning barqaror rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashdan iborat. Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, statistik guruhlash, dinamik tahlil va nisbiy ko‘rsatkichlarni hisoblash usullaridan foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2024-yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti qariyb 2,9 milliard AQSh dollarini tashkil etgan. Eksport tarkibida ip-kalava, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, trikotaj matolar, gazlamalar va paypoq mahsulotlari muhim o‘rin egallagan. Ushbu ko‘rsatkichlar tarmoqning tashqi savdo salohiyatini hamda xomashyoni qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyatlarini namoyon etadi. Maqolada klasterlar faoliyatini baholashda ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi, eksport ulushi, qayta ishlash chuqurligi, rentabellik, investitsiya samaradorligi va resurslardan foydalanish ko‘rsatkichlarining ahamiyati asoslangan. Shuningdek, xomashyo ta’minotining barqarorligi, moliyaviy resurslardan foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va tashqi bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirish bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari klasterlar faoliyatini kompleks baholash, hududiy sanoat siyosatini takomillashtirish va ishlab chiqarish zanjirida tayyor mahsulotlar ulushini oshirish bo‘yicha amaliy takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
##plugins.themes.default.displayStats.downloads##
Bibliografik havolalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti. Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi. 2023 y., 12 dekabr
2. Porter M. E. On Competition. Updated and Expanded Edition. Boston: Harvard Business School Publishing, 2008.
3. World Bank. World Development Report 2020: Trading for Development in the Age of Global Value Chains. Washington, DC: World Bank, 2020.
4. World Bank. Uzbekistan: Сountry and economic development materials.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-14-son “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. 2021 y., 16 noyabr
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-23-son “Paxta xomashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. 2023 y., 26 yanvar.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-son Farmoni.
8. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Sanoat ishlab chiqarishi va tashqi savdo bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlar.
9. Porter M. E. The Competitive Advantage of Nations. New York: Free Press, 1990.
10. Gereffi G., Humphrey J., Sturgeon T. The Governance of Global Value Chains. Review of International Political Economy. 2005. Vol. 12, No. 1. P. 78–104.
11. Kaplinsky R., Morris M. A Handbook for Value Chain Research. Ottawa: International Development Research Centre, 2001.
12. Gereffi G. Global Value Chains in a Post-Washington Consensus World. Review of International Political Economy. 2014. Vol. 21, No. 1. P. 9–37.
13. United Nations Industrial Development Organization (UNIDO). Industrial Development Report 2024: Turning Challenges into Sustainable Solutions. Vienna: UNIDO, 2024.
14. International Trade Centre (ITC). Trade Map: International Trade Statistics.
15. OECD. OECD Due Diligence Guidance for Responsible Supply Chains in the Garment and Footwear Sector. Paris: OECD Publishing, 2018
Yuklamoq
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Guvohnoma
" Litsenziyasi "HRTPS://creseekommons.org/licenseommons.org/licens.org/licens.org/licens.org/licens.org/LICS/4.0/"> Litsenziyalarni litsenziyalash "litsenziyalari Axtibatish "(" Attributi ") 4.0 World
. P>License Terms of our Journal


