MAIŞIY TEXNIKA IMPORTIDA BOJXONA TÖLOV YUKLAMASINING FISKAL UZILIŞI VA QÖŞIMÇA FISKAL SALOHIYATNI BAHOLAŞ

Authors

  • Kuşmanova Mahbuba Abdunabiyevna Author

Keywords:

bojxona tölovlari, samarali tölov yuklamasi, qonuniy yuklama, fiskal uziliş, fiskal salohiyat, maişiy texnika, bojxona qiymati, imtiyozlar, ssenariy tahlili, import elastikligi.

Abstract

Özbekistonda bojxona tölovlari tuşumi tez ösmoqda, ammo rasmiy statistika bu tölovlarni tovar segmentlari kesimida körsatmaydi. Şu sababli ayrim segmentdan qonun böyiça qança tölov undirilişi kerakligi va amalda qança undirilayotgani nomaʼlum qolmoqda. Maqolada maişiy texnika importi misolida şu farq, yaʼni bojxona tölov yuklamasining fiskal uzilişi oçiq statistika va normativ stavkalar asosida ölçangan. Tadqiqot maqsadi şu farqni ölçaş usulini işlab çiqiş va uning asosida segmentning qöşimça fiskal salohiyatini baholaşdir. Tadqiqotda indeks, ssenariy va qiyosiy tahlil usullari qöllanilgan. Samarali yuklama undirilgan tölovlarning sömdagi import qiymatiga nisbati sifatida, qonuniy yuklama esa boj, aksiz va qöşilgan qiymat soliği stavkalarini ketma-ket qöllab hisoblangan. Tahlil 2016-2025-yillar maʼlumotlarini hamda muzlatgiç, kir yuviş maşinasi va konditsionerning 2025-yil yanvar-iyuldagi importini qamrab olgan. 2016-2025-yillarda tölovlar dollar hisobida 3,2 baravar oşgan, samarali yuklama esa 15,6 foizdan 12,8 foizga pasaygan, tölovlarning import qiymatiga elastikligi 0,931 ga teng. Boj va aksiz stavkalarining oltita ssenariysida qonuniy yuklama 35,5-67,4 foizni taşkil etadi, demak, fiskal uziliş kamida 22,7 foiz bandga teng. Yillik hajmi 278,9 mln AQŞ dollari bölgan segment importi uçun qöşimça fiskal salohiyat minimal ssenariyda 63,3 mln dollarga baholangan. Bu samarali yuklama böyiça hisoblangan tölovlardan 1,8 baravar köp. Rasmiy diler talabi joriy etilgan 2024-yilda segment böyiça fiskal baza taxminan 11,6 mln dollarga qisqargani ham aniqlangan. Salohiyatning atigi 9,6 foizi yuklama darajasini oşiriş bilan boğliq, qolgan qismi imtiyozlar, butlovçilar importi va bojxona qiymatini kam körsatiş hissasiga töğri keladi. Natijalar asosida bojxona tölovlari va imtiyozlarni TIF TN bölimlari kesimida eʼlon qiliş hamda xavflarni boşqariş tizimiga örtaça import narxlariga asoslangan narx profillarini joriy etiş taklif qilingan. Taklif etilgan usul post darajasidagi yopiq maʼlumotlarni talab qilmaydi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrigi. (2026, 26-yanvar). https://president.uz/oz/lists/view/8878

2. O‘zbekiston milliy axborot agentligi. (2025, 2-yanvar). Yil sarhisobi: Bojxona qo‘mitasi 2024-yilda qanday yutuqlarga erishdi. https://uza.uz/posts/673972

3. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. (2025). O‘zbekistonga 306,6 ming dona kir yuvish mashinasi import qilingan [Press-reliz]. https://stat.uz/en/presscenter/news-of-committee/64085-zbekistonga-306-6-ming-dona-kir-yuvish-mashinaimport-ilingan-4

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. (2024, 10-yanvar). Elektrotexnika sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida (PQ-15-son). Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/-6750813

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. (2025, 25-mart). Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida (PF-57-son). Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/-7451997

6. Fisman, R., & Wei, S.-J. (2004). Tax rates and tax evasion: Evidence from “missing imports” in China. Journal of Political Economy, 112(2), 471-500. https://doi.org/10.1086/381476

7. Javorcik, B. S., & Narciso, G. (2008). Differentiated products and evasion of import tariffs. Journal of International Economics, 76(2), 208-222.

https://doi.org/10.1016/j.jinteco.2008.07.002

8. Muqimov, A. R. (2026). Davlat budjeti daromadlarini oshirishda bojxona to‘lovlarini undirishni takomillashtirish [Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati]. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

9. Aktamov, A. A. (2026). O‘zbekistonda budjet tushumlarini oshirishda bojxona amaliyotini takomillashtirish [Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati]. Toshkent.

10. Bobojonova, Z. (2026). “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning singulyar va amaliy iqtisodiyotning integratsion mexanizmi asosida samaradorligini oshirish yo‘llari. Muhandislik va iqtisodiyot, 4(6).

11. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. (2019, 30-dekabr). O‘RQ-599-son Qonun bilan tasdiqlangan. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/4674011

Downloads

Published

2026-11-09

Issue

Section

Economics

How to Cite

MAIŞIY TEXNIKA IMPORTIDA BOJXONA TÖLOV YUKLAMASINING FISKAL UZILIŞI VA QÖŞIMÇA FISKAL SALOHIYATNI BAHOLAŞ. (2026). Innovations in Science and Technologies, 3(11), 257-264. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1822