OʻZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mualliflar

  • Zuxra Madiyeva Muallif

{$ Etel}:

elektron tijorat, boshqaruv samaradorligi, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm, raqamli iqtisodiyot, elektron savdo platformasi, institutsional muhit, davlat tomonidan tartibga solish, chakana savdo, statistik monitoring, xabardor qilish tartibi.

Abstrak

Maqolada Oʻzbekistonda elektron tijoratni boshqarish samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi elektron tijorat bozori dinamikasi bilan uni tartibga soluvchi institutsional muhit oʻrtasidagi bogʻliqlikni baholash hamda boshqaruv samaradorligini oʻlchash va oshirishga qaratilgan mexanizmlar tizimini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda normativ-huquqiy hujjatlarning kontent-tahlili, Milliy statistika qoʻmitasining 2016–2025-yillarga oid rasmiy maʼlumotlari asosida dinamik qatorlar tahlili, oʻrtacha yillik oʻsish surʼatini hisoblash, tarkibiy va qiyosiy tahlil usullari qoʻllanildi. 2020–2024- yillarda qabul qilingan beshta asosiy normativ-huquqiy hujjatdagi normalar tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlar toifalariga ajratilib tasniflandi. Natijalar elektron tijorat savdo hajmi 2016-yildagi 6,0 mlrd soʻmdan 2025-yilda 31 551,9 mlrd soʻmga yetganini, uning chakana savdo aylanmasidagi ulushi 2024-yildagi 3,7 foizdan 2025-yilda 6,5 foizga oshganini koʻrsatdi. Shu bilan birga, 2022– 2024-yillarda oʻsish surʼatlari keskin sekinlashgani (oʻrtacha yillik 18,2 foiz) hamda 2025-yil boʻyicha rasmiy statistika va vakolatli organ baholari oʻrtasida qariyb 39 foizlik tafovut mavjudligi aniqlandi. Bu holat boshqaruv tizimida oʻlchov va monitoring mexanizmlari yetarli darajada shakllanmaganidan dalolat beradi. Muhokamada 2025-yildagi keskin oʻsishning muayyan qismi xabardor qilish tartibi va alohida bank hisobvaraqlarining joriy etilishi natijasida savdoning rasmiylashuvi bilan izohlanishi mumkinligi asoslandi.

##plugins.themes.default.displayStats.downloads##

##plugins.themes.default.displayStats.noStats##

Bibliografik havolalar

1. Oʻzbekiston Respublikasining "Elektron tijorat toʻgʻrisida"gi Qonuni. 2022-yil 29-sentabr, OʻRQ-792-son. – URL: https://lex.uz/docs/-6213382

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "«Raqamli Oʻzbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni. 2020-yil 5-oktabr, PF-6079-son. – URL: https://lex.uz/docs/5031048

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "«Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi toʻgʻrisida"gi Farmoni. 2023-yil 11-sentabr, PF-158-son. – URL: https://lex.uz

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari toʻgʻrisida"gi Qarori. 2023-yil 30-noyabr, PQ-381-son. – URL: https://lex.uz/docs/-6681111

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori. 2024-yil 26-dekabr, 885-son. – URL: https://lex.uz/docs/-7282643

6. Cusumano M.A., Gawer A., Yoffie D.B. The Business of Platforms: Strategy in the Age of Digital Competition, Innovation, and Power. – New York: Harper Business, 2019. – 320 p.

7. Daminova N.B. Current state and development trends of the electronic commerce market in the Republic of Uzbekistan // European Journal of Economic Dynamics and Policy. – 2026. – Vol. 2, No. 4. – P. 184–192. – URL: https://nordascend.com/index.php/ejedp/article/view/39

8. DataReportal. Digital 2026: Uzbekistan. – Kepios, 2025. – URL: https://datareportal.com/reports/digital-2026-uzbekistan

9. Gazeta.uz. Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti 2025-yilda 7,7 foizga oʻsib, 147 mlrd dollardan oshdi. – 2026-yil 23-yanvar. – URL: https://www.gazeta.uz/oz/2026/01/23/yim-2025/

10. Goldfarb A., Tucker C. Digital economics // Journal of Economic Literature. – 2019. – Vol. 57, No. 1. – P. 3–43. – DOI: 10.1257/jel.20171452

11. International Trade Centre. Uzbekistan’s new e-commerce strategy for better market access. – Geneva: ITC, 2023. – URL: https://www.intracen.org/news-andevents/news/uzbekistans-new-e-commerce-strategy-for-better-market-access

12. Kerimova I., Ataniyazova Z. Determining the critical success factors of ecommerce in Uzbekistan // Journal of Eastern European and Central Asian Research. – 2024. – Vol. 11, No. 3. – P. 409–423. – DOI: 10.15549/jeecar.v11i3.1382

13. Khan L.M. Amazon’s antitrust paradox // Yale Law Journal. – 2017. – Vol. 126, No. 3. – P. 710–805.

14. Khushmurodova M., Urazov K. Trends and problems of development of electronic commerce in the Republic of Uzbekistan // Journal of Law and Sustainable Development. – 2023. – Vol. 11, No. 6. – e1197. – DOI: 10.55908/sdgs.v11i6.1197

15. North D.C. Institutions, Institutional Change and Economic Performance. – Cambridge: Cambridge University Press, 1990. – 152 p.

16. OECD. Unpacking E-commerce: Business Models, Trends and Policies. – Paris: OECD Publishing, 2019. – DOI: 10.1787/23561431-en

17. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi. "Elektron tijoratning rivojlanishi Oʻzbekiston biznesiga taʼsir qiladi" – Istiqbolli loyihalar milliy agentligi oʻrinbosari D. Maksudov. – 2024-yil 2-may. – URL: https://gov.uz/oz/miit/news/view/10847

18. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi. Elektron tijorat savdo hajmi (yillik), koʻrsatkich kodi 1.07.02.0019. – Toshkent, 2026. – URL: https://api.siat.stat.uz/media/uploads/sdmx/sdmx_data_2833.pdf

19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. Oʻzbekiston Respublikasida chakana va ulgurji savdo tovar aylanmasi: 2023-yil yanvar–dekabr (dastlabki maʼlumot). – Toshkent, 2024. – URL: https://stat.uz/images/uploads/reliz-2023/ichkisavdopresreliz2023dekabruz.pdf

20. Parker G.G., Van Alstyne M.W., Choudary S.P. Platform Revolution: How Networked Markets Are Transforming the Economy and How to Make Them Work for You. – New York: W.W. Norton & Company, 2016. – 352 p.

Nashr qilingan

2026-09-24

Nashr

Bo'lim

Iqtisodiyot