O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMATLAR SOHASINI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI DAVLAT SIYOSATINING JAHON TAJRIBASIGA INTEGRATSIYALASHUVI
Ключевые слова:
xizmatlar sohasi, davlat siyosati, turizm, yo'lbo'yi xizmatlari, jahon tajribasi, infratuzilma investitsiyalari, soliq imtiyozlari, ish o'rinlari, raqobatdosh ustunlik, mintaqaviy rivojlanish.Аннотация
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini, xususan turizm va yo'lbo'yi xizmatlari yo'nalishlarini rivojlantirishda davlat siyosatining jahon tajribasiga integratsiyalashuv jarayonlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, O'zbekistonda xizmatlar sohasi boshqa tarmoqlarga nisbatan yangi bo'lib, raqobat kuchayib borayotgan sharoitda yangi iste'molchilarni jalb qilish xarajatlari tobora oshib bormoqda va bu ko'rsatkich mavjud mijozlarni ushlab qolish xarajatlaridan bir necha barobar yuqori bo'lib, davlat tomonidan maqsadli qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini xalqaro amaliyot bilan uyg'unlashtirishni taqozo etadi. Maqolaning maqsadi — 2022-yilda e'lon qilingan davlat chora-tadbirlari misolida O'zbekistonda xizmatlar, xususan turizm va yo'lbo'yi xizmatlari sohasini rivojlantirish bo'yicha davlat siyosatining mazmun-mohiyatini hamda uning xalqaro tajriba bilan uyg'unlik darajasini ochib berishdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, statistik tahlil, mantiqiy umumlashtirish va monografik kuzatish usullaridan foydalanilgan; ma'lumotlar bazasi sifatida davlat dasturlari, hukumat qarorlari, xalqaro tashkilotlar hisobotlari hamda ilmiy adabiyotlar tanlangan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, turizm salohiyati yuqori bo'lgan 45 ta tog'li va tog'oldi tumanda yo'l, aloqa va mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish orqali turizm xizmatlari hajmini 3-4 barobar oshirish, shuningdek soliq imtiyozlari va imtiyozli kreditlar hisobiga yangi ish o'rinlari yaratish mumkinligi aniqlandi. Shuningdek, magistral yo'l bo'yi va chegara oldi hududlarida logistika xizmatlarini, yirik shaharlarda esa yuqori daromadli tibbiyot, ta'lim va san'at xizmatlarini rivojlantirish bo'yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqilgani aniqlandi. Tadqiqot davomida O'zbekiston tajribasining Xitoy, Qozog'iston va Qirg'iziston kabi mamlakatlarning ichki turizmni rivojlantirish siyosati bilan umumiy va farqli jihatlari aniqlangan, bu esa milliy siyosatni xalqaro kontekstda baholash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari mintaqaviy xizmatlar sohasi siyosatini takomillashtirishda, davlat dasturlarining samaradorligini oshirishda hamda xalqaro tajribani milliy sharoitga moslashtirishda amaliy ahamiyatga ega.
Скачивания
Библиографические ссылки
1. Avanesova G.A. Servisnaya deyatelnost. Istoricheskaya i sovremennaya praktika, predprinimatelstvo menedjment. – M.: Aspekt Press, 2012. – 318 s.
2. Frommer P., Silver K. Las Vegas. – LV.: Wiley Publishing Inc., 2015.
3. Fuchs V.R. The Service Economy. – New York: Columbia University Press, 1968.
4. International Labour Organization (ILO). World Employment and Social Outlook: Trends. – Geneva: ILO, 2019.
5. Juran J.M., Godfrey A.B. (co-editors-in-chief). Juran's Quality Handbook. – 5th ed. – New York: McGraw-Hill, 1999.
6. Kirtsner I.M. Konkurentsiya i predprinimatelstvo / per. s angl. – M.: YuNITI-DANA, 2001. – 30 s.
7. Nureyev R.M. Ekonomika razvitiya: modeli stanovleniya rynochnoy ekonomiki: uchebnoye posobiye. – M.: INFRA-M, 2001. – 104 s.
8. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: Toshkent, 2023.
9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining xizmatlar sohasini rivojlantirish bo'yicha 2022-yilda e'lon qilingan chora-tadbirlariga oid rasmiy materiallari.
10. O'zbekiston Respublikasi "Raqobat to'g'risida"gi O'RQ-850-sonli Qonuni, 2023.
11. Qosimova M.S. Servis sohasini boshqarish. – T.: "O'qituvchi", 2013. – 239 b.
12. Qudratov G'.H. Servis rivoji – aholining bandligini ta'minlash va farovonligini oshirish omili. Risola. – T.: "Fan va texnologiya", 2007. – 16 b.
13. Schneider P.J., Zielke S. Price versus service: Can retailers beat showrooming with competence // Journal of Retailing and Consumer Services. – 2021. – Vol. 61. – 102592. DOI: https://doi.org/10.1016/j.jretconser.2021.102592
14. Singelmann J. The Sectoral Transformation of the Labor Force in Seven Industrialized Countries, 1920-1970 // American Journal of Sociology. – 1978. – Vol. 83, No. 5. – P. 1224-1234.
15. Sirojiddinov K.I., Toxirova G.T. Razvivayushchayasya sfera uslug v Uzbekistane: perspektivy razvitiya sotsialno-ekonomicheskogo potentsiala turizma // TIU Journal of Digital Economy and Business. – 2023. – Vol. 2(2). – P. 5-13. ISSN: 2992-8753
16. Toxirova G.T. Service sector: how to form a competitive environment // Innovative Development in Educational Activities. – 2023. – Vol. 2, №23. – P. 369-382.
17. World Tourism Organization (UNWTO). Samarkand named World Tourism Capital for 2022. – Madrid: UNWTO, 2022.
18. Xlebovich D.I., Burmenko T.D. Sfera uslug: uchebnoye posobiye. – M.: KNORUS, 2017. – 156 s.
19. Xodiyev B. Biznes qiymatini baholash. – T.: "Iqtisod-moliya", 2007. – 254 b.
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.
License Terms of our Journal


