NAMANGAN VILOYATIDA XIZMATLAR SOHASIDA RAQOBAT MUHITINI SHAKLLANTIRISH: HOLATI, TENDENSIYALARI VA TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Авторы

  • Azizbek Qushmatov Автор

Ключевые слова:

xizmatlar sohasi, raqobat muhiti, Namangan viloyati, yalpi hududiy mahsulot, davlat qo'llab-quvvatlashi, bank krediti, transport xizmatlari, telekommunikatsiya bozori, biznes muhiti, raqobatbardoshlik.

Аннотация

Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar sharoitida xizmatlar sohasida raqobat muhitini shakllantirish masalalari Namangan viloyati misolida tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, xizmatlar sohasi mamlakat yalpi hududiy mahsulotining barqaror o'sib boruvchi tarkibiy qismiga aylanib bormoqda va aholi bandligini ta'minlashda muhim rol o'ynamoqda, biroq mintaqaviy kesimda ushbu sohada raqobat muhitining shakllanish darajasi hamda unga davlat qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlarining ta'siri yetarlicha o'rganilmagan, bu esa mavzuning ilmiy-amaliy dolzarbligini belgilaydi. Maqolaning maqsadi — Namangan viloyati misolida xizmatlar sohasida raqobat muhitining amaldagi holatini, uning rivojlanish tendensiyalarini hamda sohani rivojlantirishga to'sqinlik qiluvchi asosiy omillarni statistik ma'lumotlar asosida aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda deduksiya, induksiya, statistik tahlil, qiyosiy tahlil, mantiqiy umumlashtirish va monografik kuzatish usullaridan foydalanilgan; ma'lumotlar bazasi sifatida O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy ma'lumotlari, Namangan viloyat hokimligi va tijorat banklarining hisobot materiallari hamda amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar tanlangan. Tadqiqot 2010-2025-yillar oralig'idagi davrni, tanlanma sifatida esa viloyatning barcha 12 hudud birligini qamrab oladi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, 2010-2024-yillarda viloyat yalpi hududiy mahsulotida xizmatlar sohasining ulushi 40,0 foizdan 44,9 foizgacha barqaror oshib bormoqda, PQ-4752-sonli qaror doirasida ajratilgan kredit resurslarining o'zlashtirilish darajasi hududlar kesimida sezilarli farqlanadi, shuningdek transport va telekommunikatsiya bozorlarida raqobat izchil kuchayib bormoqda. Shu bilan birga, resurs bazasining yetishmasligi, malakali kadrlar tanqisligi, rivojlanmagan biznes muhiti va axborot ta'minotining yetarli emasligi sohaning to'liq salohiyatini ro'yobga chiqarishga to'sqinlik qilmoqda, bu esa maqsadli davlat siyosatini talab etadi. Tadqiqot natijalari va ishlab chiqilgan amaliy takliflar mintaqaviy darajada xizmatlar sohasi siyosatini takomillashtirishda, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.

Скачивания

Данные по скачиваниям пока не доступны.

Библиографические ссылки

1. Abdullayev A. Tadbirkorlik va xizmatlarni: tashkil etish, rejalashtirish, boshqarish. – T.: "Fan va texnologiya", 2015. – 243 b.

2. Abdullayev Yo. Xizmatlar sohasi va tadbirkorlik asoslari. 100 savol va 100 javob (1-qism). – T.: "Mehnat", 2019. – 347 b.

3. Avanesova G.A. Servisnaya deyatelnost. Istoricheskaya i sovremennaya praktika, predprinimatelstvo menedjment. – M.: Aspekt Press, 2012. – 318 s.

4. Black G. Product differentiation and demand for marketing services // Journal of Marketing. – 2011. – Vol. 16, Issue 1. – P. 73-79.

5. Frommer P., Silver K. Las Vegas. – LV.: Wiley Publishing Inc., 2015.

6. Fuchs V.R. The Service Economy. – New York: Columbia University Press, 1968.

7. Ivanov Yu. Dolya sfery uslug v VVP Rossii // Voprosy statistiki. – 2017. – №3.

8. Kirtsner I.M. Konkurentsiya i predprinimatelstvo / per. s angl. – M.: YuNITI-DANA, 2001. – 30 s.

9. Nureyev R.M. Ekonomika razvitiya: modeli stanovleniya rynochnoy ekonomiki: uchebnoye posobiye. – M.: INFRA-M, 2001. – 104 s.

10. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: Toshkent, 2023.

11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-iyuldagi "Xizmatlar sohasini qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4752-sonli qarori.

12. O'zbekiston Respublikasi "Raqobat to'g'risida"gi O'RQ-850-sonli Qonuni, 2023.

13. O'zbekiston Respublikasi yillik statistik to'plami / O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi. – T., 2023.

14. Qosimova M.S. Servis sohasini boshqarish. – T.: "O'qituvchi", 2013. – 239 b.

15. Qudratov G'.H. Servis rivoji – aholining bandligini ta'minlash va farovonligini oshirish omili. Risola. – T.: "Fan va texnologiya", 2007. – 16 b.

16. Romanovich J.A., Kalichev S.L. Servisnaya deyatelnost: ucheb. – M.: Izd-vo torg. korporatsiya "Dashkov i K", 2011. – 268 s.

17. Schneider P.J., Zielke S. Price versus service: Can retailers beat showrooming with competence // Journal of Retailing and Consumer Services. – 2021. – Vol. 61. –102592. DOI: https://doi.org/10.1016/j.jretconser.2021.102592

18. Singelmann J. The Sectoral Transformation of the Labor Force in Seven Industrialized Countries, 1920-1970 // American Journal of Sociology. – 1978. – Vol. 83, No. 5. – P. 1224-1234.

19. Sirojiddinov K.I., Toxirova G.T. Razvivayushchayasya sfera uslug v Uzbekistane: perspektivy razvitiya sotsialno-ekonomicheskogo potentsiala turizma // TIU Journal of Digital Economy and Business. – 2023. – Vol. 2(2). – P. 5-13. ISSN: 2992-8753

20. Smith A., Skinner A. The Wealth of Nations: Books I-III. – London; New York: Penguin Classics, 1982.

21. Toxirova G.T. Service sector: how to form a competitive environment // Innovative Development in Educational Activities. – 2023. – Vol. 2, №23. – P. 369-382.

22. Xlebovich D.I., Burmenko T.D. Sfera uslug: uchebnoye posobiye. – M.: KNORUS, 2017. – 156 s.

23. Xodiyev B. Biznes qiymatini baholash. – T.: "Iqtisod-moliya", 2007. – 254 b.

24. Juravleva I.A. Osnovnyye napravleniya razvitiya malogo biznesa v sfere uslug i ikh ekonomicheskoye obosnovaniye: dissertatsiya na soiskaniye uchenoy stepeni kandidata ekonomicheskikh nauk. – Belgorod, 2015.

25. www.stat.uz – O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi rasmiy sayti.

Опубликован

2026-09-23

Выпуск

Раздел

Экономика

Как цитировать

NAMANGAN VILOYATIDA XIZMATLAR SOHASIDA RAQOBAT MUHITINI SHAKLLANTIRISH: HOLATI, TENDENSIYALARI VA TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI. (2026). Инновации в науке и технологиях, 3(9), 283-294. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1735