QISHLOQ XO‘JALIGIDA INNOVATSION-INVESTITSION QO‘LLABQUVVATLASHNING «YASHIL IQTISODIYOT» RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI
{$ Etel}:
yashil iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, innovatsiya, investitsiya, davlat ko‘magi, agrar fan, tomorqa xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, suv tejovchi texnologiyalar, xonadonbay loyihalari.Abstrak
Maqolada qishloq xo‘jaligini innovatsion-investitsion qo‘llab-quvvatlash vositalari «yashil iqtisodiyot» maqsadlari bilan qay darajada bog‘langani O‘zbekiston misolida o‘rganilgan. Tadqiqotdan maqsad davlat hisobidan moliyalashtirilayotgan agrar fan natijalari qaysi xo‘jalik toifalariga yetib borayotganini baholash va ularni tomorqa xo‘jaliklariga yetkazish mexanizmini takomillashtirish yo‘llarini asoslashdir. Tadqiqotda 2019-2026-yillarda qabul qilingan strategik hujjatlar, Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yil yakunlari bo‘yicha ma’lumotlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi ilmiy muassasalar hisobotlari va xalqaro tashkilotlar tadqiqotlari tahlil qilindi. Normativ-huquqiy tahlil, statistik guruhlash, qiyosiy tahlil va rasmiy tajriba natijalari bilan solishtirish usullaridan foydalanildi. Davlat ilmiy dasturlari loyihalari soni 2020-yildagi 135 tadan 2024-yilda 61 taga qisqargan, ularning qiymati 42,3 mlrd so‘mdan 34,2 mlrd so‘mga tushgan. Shu bilan birga, 2024-yilda sabzavot ekinlarining 12 ta yangi navi yaratilgan, 2025-yilda g‘alla hosildorligi gektariga 85 sentnerga yetgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotining 62,3 foizi, jumladan kartoshkaning 67,5 va sabzavotning 58,0 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda. Ilmiy natijalarni bevosita xonadonlarga olib boruvchi «xonadonbay» mexanizmi esa hozircha 612 ta xonadonni qamrab olgan. Maqolada bu mexanizmni chorvachilik, asalarichilik va yem-xashak yo‘nalishlari bilan kengaytirish, olim va xonadon egasi o‘rtasida yozma shartnoma tuzish hamda natijalarni ochiq e’lon qilish taklif etilgan. Farg‘ona vodiysi uchun 10 sotixli tomorqaning namunaviy modeli tuzilgan; uning yiliga kamida 90 mln so‘m daromad bera olishi haqidagi baho rasmiy tajribalarda qayd etilgan 60-90 mln so‘mlik ko‘rsatkichlarga mos keladi. Beda maydonlarini kengaytirish yem-xashak tanqisligini yumshatish yo‘li sifatida asoslangan. Tadqiqot ikkilamchi ma’lumotlarga tayanadi. «Yashil iqtisodiyot» maqsadlariga erishish uchun davlat ko‘magini mahsulotning asosiy qismini yetishtirayotgan kichik xo‘jaliklarga ham yo‘naltirish kerak, degan xulosaga kelingan.
##plugins.themes.default.displayStats.downloads##
Bibliografik havolalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida». URL: https://lex.uz/docs/4567334
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni «"O‘zbekiston-2030" strategiyasi to‘g‘risida» // Xalq so‘zi. 2023. 12-sentabr.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-son Farmoni «Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida». URL: https://gov.uz/oz/agro/news/view/143073
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4477-son qarori «2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida». URL: https://lex.uz/docs/4539502
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori «2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida». URL: https://lex.uz/docs/6303230
6. Asfaw E.B. State-led cotton deregulation in Uzbekistan: Reforms and effects // Central Asian Journal of Water Research. 2021. Vol. 7, No. 2. P. 121-137. DOI: 10.29258/CAJWR/2021-R1.v7-2/121-137.eng
7. Avvalboyev I. Tomorqangizga hech kim xo‘jayin emas, lekin ilg‘or yer egalari tajribasini qo‘llash naf keltirishini unutmang // O‘zA. 2024. 15-mart. URL: https://uza.uz/oz/posts/tomorqangizga-hech-kim-xojayin-emas-lekin-ilgor-yeregalari-tajribasini-qollash-naf-keltirishini-unutmang_579974
8. Beda // Uzpedia.uz onlayn ensiklopediyasi. URL: https://uzpedia.uz/pedia/beda
9. Botirova R., Sirojiddinov I. Liberalization is a crucial condition for creating modern agriculture in Uzbekistan // International Journal of Research and Development. 2020. March. P. 200-203.
10. Botirova R.A., Sirojiddinov K.I. Razvitiye prodovolstvennoy napravlennosti selskoxozyaystvennogo proizvodstva // Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. 2019. Maxsus son. B. 36-38.
11. Bu yil 10 milliard kub metrga yaqin suv tejaldi // Yangi O‘zbekiston (yuz.uz). 2025. URL: https://yuz.uz/uz/news/bu-yil-10-milliard-kub-metrga-yaqin-suv-tejaldi
12. FAO. Climate-Smart Agriculture Sourcebook. Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 2013.
13. Farg‘onada suvchilarga yangi mashinalar berildi // Yangi O‘zbekiston (yuz.uz). 2026. URL: https://yuz.uz/uz/news/fargonada-suvcilarga-iangi-masinalar-berildi
14. Сирожиддинов И. К. Инновационные факторы развития аграрного производства региона // Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. – 2025. – Т. 3. – № 9. – С. 1109–1113. – DOI: 10.5281/zenodo.17240179.
15. Klerkx L., Jakku E., Labarthe P. A review of social science on digital agriculture, smart farming and agriculture 4.0: New contributions and a future research agenda // NJAS: Wageningen Journal of Life Sciences. 2019. Vol. 90-91. Art. 100315. DOI: 10.1016/j.njas.2019.100315
Yuklamoq
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Guvohnoma
" Litsenziyasi "HRTPS://creseekommons.org/licenseommons.org/licens.org/licens.org/licens.org/licens.org/LICS/4.0/"> Litsenziyalarni litsenziyalash "litsenziyalari Axtibatish "(" Attributi ") 4.0 World
. P>License Terms of our Journal


