HUDUDLARDA QURILISH SOHASIDA LOGISTIKA TIZIMLARINI BOSHQARISHNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI

Mualliflar

  • Abdulla Mirsodiqov Muallif

{$ Etel}:

qurilish logistikasi, ta’minot zanjiri, hududiy rivojlanish, innovatsiya, konsolidatsiya markazi, BIM, raqamlashtirish, tejamkor qurilish, metodologiya, boshqaruv.

Abstrak

Mazkur maqolada hududlarda qurilish sohasida logistika tizimlarini boshqarishni innovatsion rivojlantirishning nazariy va metodologik asoslari tadqiq etilgan. Qurilish hajmining tez o‘sishi, qurilish materiallari sanoatining kengayishi, yuk tashish sohasida norasmiy faoliyat ulushining yuqoriligi hamda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi sharoitida qurilish ob’ektlarini moddiy resurslar bilan o‘z vaqtida va kam xarajat bilan ta’minlash masalalari yoritilgan. Tadqiqotda qurilish logistikasi tizimi ta’minot, transport, ombor va konsolidatsiya, qurilish maydoni, axborot hamda teskari logistika quyi tizimlaridan iborat yaxlit tizim sifatida qaralgan. Tadqiqotning metodologik asosini tizimli, jarayonli va ta’minot zanjiri yondashuvlari, “tejamkor qurilish” (lean construction) konsepsiyasi, qiyosiy tahlil, kontent-tahlil va mantiqiy modellashtirish usullari tashkil etgan. Xalqaro ilmiy adabiyotlar tahlili asosida qurilish maydonidagi logistika samaradorligi maydondan tashqaridagi ta’minot jarayonlari bilan uzviy bog‘liqligi, uchinchi tomon logistika operatorlari va konsolidatsiya markazlarining samaradorligi hamda BIM, GIS va “Sanoat 4.0” texnologiyalarining ta’minot zanjirini muvofiqlashtirishdagi o‘rni asoslangan. Natijada hududlarda qurilish logistikasini innovatsion rivojlantirishning besh bosqichli mexanizmi va uni baholash ko‘rsatkichlari tizimi ishlab chiqilgan. Taklif etilgan yondashuv O‘zbekiston hududlarida, xususan, Farg‘ona viloyatida qurilish loyihalarining muddati va tannarxini qisqartirish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda hududiy qurilish siyosatini takomillashtirish uchun nazariy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

##plugins.themes.default.displayStats.downloads##

##plugins.themes.default.displayStats.noStats##

Bibliografik havolalar

1. Christopher, M. (2016). Logistics & Supply Chain Management (5th ed.). Harlow: Pearson Education.

2. Dallasega, P., Rauch, E., & Linder, C. (2018). Industry 4.0 as an enabler of proximity for construction supply chains: A systematic literature review. Computers in Industry, 99, 205–225. https://doi.org/10.1016/j.compind.2018.03.039

3. Ekeskär, A., & Rudberg, M. (2016). Third-party logistics in construction: The case of a large hospital project. Construction Management and Economics, 34(3), 174–191. https://doi.org/10.1080/01446193.2016.1186809

4. Irizarry, J., Karan, E. P., & Jalaei, F. (2013). Integrating BIM and GIS to improve the visual monitoring of construction supply chain management. Automation in Construction, 31, 241–254. https://doi.org/10.1016/j.autcon.2012.12.005

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (O‘zstat). (2026a). 35 yilda qurilish ishlari 12,3 barobarga oshdi. https://stat.uz/uz/matbuotmarkazi/qo-mita-yangiliklar/68728-35-jilda-urilish-ishlari-12-3-barobarga-oshdi-2

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi (O‘zstat). (2026b). O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil yanvar–dekabr oylaridagi ijtimoiy-iqtisodiy holati. https://stat.uz/img/press-relizlar/2_-talil-2025-j_-yanvar-dekabr-lotin-_p58591.pdf

7. Anhor.uz. (2025, 17-noyabr). Qaysi viloyatlarda eng ko‘p qurilish ishlari ketmoqda? https://anhor.uz/uzl/news/qurilish-17/

8. UzDaily. (2023). Uzbekistan ranks 88th in the Logistics Performance Index. https://www.uzdaily.uz/en/uzbekistan-ranks-88th-in-the-logistics-performance-index/

9. Kun.uz. (2026, 25-iyun). Shavkat Mirziyoyev qurilish materiallari sanoatida yangi tizim yaratishni topshirdi. https://kun.uz/news/2026/06/25/shavkat-mirziyoyevqurilish-materiallari-sanoatida-yangi-tizim-yaratishni-topshirdi-f903b5

10. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi. (2026). “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi. https://gov.uz/oz/mc/activity_page/shaffof-qurilish-milliyaxborot-tizimi

11. Gov.uz. (2026, 29-aprel). Farg‘ona viloyatini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. https://gov.uz/oz/news/view/159298

12. Spot.uz. (2026c, 4-fevral). Prezident Farg‘ona viloyati iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. https://www.spot.uz/oz/2026/02/04/economy-ferghana/

Nashr qilingan

2026-11-12

Nashr

Bo'lim

Iqtisodiyot