RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA SOLIQ MA’MURIYATCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH: ELEKTRON SAVDO VA RAQAMLI XIZMATLARGA QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘INI JORIY ETISH

Mualliflar

  • Anvar Djabbarov Muallif

{$ Etel}:

qo‘shilgan qiymat solig‘i, QQS, elektron savdo, raqamli xizmatlar, elektron tijorat.

Abstrak

Maqolada raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi sharoitida elektron savdo va raqamli xizmatlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) joriy etishning nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Raqamli xizmatlarning transchegaraviy xususiyati an’anaviy soliq ma’muriyatchiligi mexanizmlarini takomillashtirishni talab etadi. Tadqiqotda xorijiy raqamli xizmat provayderlari, elektron savdo platformalari va marketplace’larning QQSni hisoblash hamda undirishdagi o‘rni o‘rganilgan. Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD) tavsiyalari, Yevropa Ittifoqining One Stop Shop (OSS) va Import One Stop Shop (IOSS) mexanizmlari hamda O‘zbekistonning 2026-yildagi yangi qonunchilik normalari qiyosiy tahlil qilingan. Natijada norezident raqamli xizmat provayderlarini soddalashtirilgan elektron hisobga olish, elektron platformalarni soliq ma’murchiligiga integratsiya qilish, B2B va B2C operatsiyalarini differensial tartibga solish hamda raqamli tranzaksiya ma’lumotlaridan riskga asoslangan nazoratda foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

##plugins.themes.default.displayStats.downloads##

##plugins.themes.default.displayStats.noStats##

Bibliografik havolalar

1. OECD. The Role of Digital Platforms in the Collection of VAT/GST on Online Sales. Paris: OECD Publishing, 2019. 85 p. DOI: 10.1787/e0e2dd2d-en.

2. European Commission. The One Stop Shop – VAT e-Commerce. Brussels: European Commission.

3. European Commission. VAT in the Digital Age (ViDA). Taxation and Customs Union. Brussels: European Commission, 2025–2026.

4. O‘zbekiston Respublikasi. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga elektron tijorat sohasini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida: O‘RQ-1173-son, 10.09.2026.

5. ГОСТ Р 7.0.5-2008. Система стандартов по информации, библиотечному и издательскому делу. Библиографическая ссылка. Общие требования и правила составления. М.: Стандартинформ, 2008.

6. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-599-son Qonuni. Amaldagi tahrir.

7. O‘zbekiston Respublikasi. Elektron tijorat to‘g‘risida: O‘RQ-792-son Qonun, 29.09.2022.

Nashr qilingan

2026-10-26

Nashr

Bo'lim

Iqtisodiyot