LOGISTIKA XIZMATLARI BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJ TAJRIBALARI
Keywords:
logistika xizmatlari bozori, xorij tajribasi, logistika klasteri, quruq port, yagona darcha, tranzit koridori, logistika samaradorligi indeksi, quruqlik bilan o‘ralgan davlat, Singapur, Germaniya.Abstract
Mazkur maqolada logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishning xorij tajribalari tizimli tahlil qilingan va ularni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish yo‘nalishlari asoslangan. Tadqiqotning dolzarbligi O‘zbekistonning ikki marta quruqlik bilan o‘ralgan davlat ekani, PQ-28-son qarorda 2030-yilgacha tranzit yuklarni 22 mln tonnaga yetkazish va LPI reytingida kamida 55-o‘ringa chiqish vazifalari belgilangani bilan asoslangan. Logistika klasterlari, portlarni hududlashtirish, quruqlik bilan o‘ralgan davlatlarning logistika xarajatlari va vaqtning savdo to‘sig‘i sifatidagi roli haqidagi nazariy qarashlar umumlashtirilgan. Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, benchmarking, guruhlash, statistik tahlil va abstrakt-mantiqiy fikrlash usullaridan foydalanilgan. Singapur, Germaniya, Niderlandiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy va Qozog‘iston tajribalari asosida logistika bozorini rivojlantirishning oltita modeli - raqamli xab, klasterli bozor, darvoza-port, erkin iqtisodiy zonalar, infratuzilma-koridor va tranzit-koridor modellari ajratilgan. Jahon bankining logistika samaradorligi indeksi (LPI) bo‘yicha O‘zbekiston yetakchi davlatlardan 30-40 foizga orqada qolayotgani, Qozog‘istondan esa atigi 0,1 ballga pastligi aniqlangan. Tahlil Singapur va Niderlandiya yuqori natijaga infratuzilma bilan bir qatorda davlat jarayonlarini raqamlashtirish, Germaniya esa hududiy logistika klasterlari, Xitoy logistika xarajatlarining YaIMga nisbatini maqsadli kamaytirish orqali erishganini ko‘rsatgan. Tashish vaqtini qisqartirishning iqtisodiy samarasi hisoblanib, eksport yuklarini yetkazish vaqtini bir kunga qisqartirish yiliga taxminan 0,2-0,7 mlrd AQSh dollari miqdoridagi tarif ekvivalentiga teng samara berishi ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston uchun tranzit-koridor modelini “yagona darcha”, quruq portlar va logistika klasterlari bilan uyg‘unlashtirgan gibrid yondashuv maqsadga muvofiqligi asoslangan. Shuningdek, Navoiy xalqaro logistika markazini qayta eksport xabiga aylantirish, logistika xarajatlarining YaIMdagi ulushini rasmiy statistikada hisoblash hamda qo‘shni davlatlar bilan tranzit tariflari va elektron hujjatlarni uyg‘unlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. 28.01.2022-y. [Elektron resurs]. - URL: https://lex.uz
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining transportlogistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-28-son qarori. 27.01.2025-y. [Elektron resurs]. - URL: https://lex.uz/uz/docs/-7342148
3. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati (2025-yil yanvar-dekabr) [Elektron resurs] // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. - 2026. - URL: https://stat.uz/img/news/talil-2025-jil-yanvar-dekabr-lotin-_p29731.pdf (murojaat sanasi: 06.10.2026).
4. O‘zbekistondan chiqib ketayotgan yuk mashinalari uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi [Elektron resurs] // Gazeta.uz. - 29.01.2025. - URL: https://www.gazeta.uz/oz/2025/01/29/electronic-queue-borders/ (murojaat sanasi: 06.10.2026).
5. Uzbekistan ranks 88th in the Logistics Performance Index [Electronic resource] // UzDaily. - URL: https://www.uzdaily.uz/en/uzbekistan-ranks-88th-in-the-logisticsperformance-index/ (accessed: 06.10.2026).
6. Singapore posts record port performance in 2025 and develops future readiness through industry collaborations for 2026 [Electronic resource] // Maritime and Port Authority of Singapore. - 13.01.2026. - URL: https://www.mpa.gov.sg/mediacentre/details/singapore-posts-record-port-performance-in-2025-and-develops-futurereadiness-through-industry-collaborations-for-2026 (accessed: 06.10.2026).
7. Port of Rotterdam throughput declined in 2025 [Electronic resource] // SWZ|Maritime. - 02.03.2026. - URL: https://swzmaritime.nl/news/2026/03/02/portof-rotterdam-throughput-declined-in-2025/ (accessed: 06.10.2026).
8. Transport und Logistik in Deutschland [Elektronische Ressource] // Statista. - 2026. - URL: https://de.statista.com/themen/733/transport-gogistik (Zugriff: 06.10.2026).
9. China’s logistics costs-to-GDP ratio hits record low in 2025 [Electronic resource] // The State Council of the People’s Republic of China. - 07.02.2026. - URL: https://english.www.gov.cn/archive/statistics/202602/07/content_WS69873e16c6d00ca5f9a08fc4.html (accessed: 06.10.2026).
10. China champions high-quality development of China-Europe Railway Express [Electronic resource] // Shaanxi Provincial People’s Government. - 24.11.2025. - URL: https://en.shaanxi.gov.cn/news/sn/202511/t20251124_3587881.html (accessed: 06.10.2026).
11. Qozog‘istonda temir yo‘l tranziti 20 foizdan ko‘proqqa o‘sdi [Elektron resurs] // Sputnik O‘zbekiston. - 18.01.2026. - URL:
https://oz.sputniknews.uz/20260118/kazakhstan-temir-yol-tranzit-osish-54879075.html (murojaat sanasi: 06.10.2026).
12. Porter M.E. Clusters and the new economics of competition [Text]: scientific article // Harvard Business Review. - 1998. - Vol. 76, No. 6. - P. 77-90.
13. Sheffi Y. Logistics Clusters: Delivering Value and Driving Growth [Text]: monograph. - Cambridge, MA: MIT Press, 2012.
14. Notteboom T.E., Rodrigue J.-P. Port regionalization: towards a new phase in port development [Text]: scientific article // Maritime Policy & Management. - 2005. - Vol. 32, No. 3. - P. 297-313.
15. Rodrigue J.-P., Notteboom T. The terminalization of supply chains: reassessing the role of terminals in port/hinterland logistical relationships [Text]: scientific article // Maritime Policy & Management. - 2009. - Vol. 36, No. 2. - P. 165-183.
16. Hesse M., Rodrigue J.-P. The transport geography of logistics and freight distribution [Text]: scientific article // Journal of Transport Geography. - 2004. - Vol. 12, No. 3. - P. 171-184.
17. Limão N., Venables A.J. Infrastructure, geographical disadvantage, transport costs, and trade [Text]: scientific article // The World Bank Economic Review. - 2001. - Vol. 15, No. 3. - P. 451-479.
18. Faye M.L., McArthur J.W., Sachs J.D., Snow T. The challenges facing landlocked developing countries [Text]: scientific article // Journal of Human Development. - 2004. - Vol. 5, No. 1. - P. 31-68.
19. Arvis J.-F., Raballand G., Marteau J.-F. The Cost of Being Landlocked: Logistics Costs and Supply Chain Reliability [Text]: monograph. - Washington, DC: World Bank, 2010.
20. Hummels D.L., Schaur G. Time as a trade barrier [Text]: scientific article // American Economic Review. - 2013. - Vol. 103, No. 7. - P. 2935-2959.
21. Arvis J.-F., Ojala L., Shepherd B., Ulybina D., Wiederer C. Connecting to Compete 2023: Trade Logistics in an Unstable Global Economy [Text]: report. - Washington, DC: World Bank, 2023.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
License Terms of our Journal


