TIJORAT BANKLARINING RAQAMLI RAQOBATBARDOSHLIGI: NAZARIY-METODOLOGIK YONDASHUVLAR VA MUALLIFLIK KONSEPSIYASI

Authors

  • Z.O.Odilova Author

Keywords:

tijorat banklari, raqamli bank, raqobatbardoshlik, raqamli raqobatbardoshlik, fintech, Open Banking, mobil banking, mijoz tajribasi, DBCI indeksi, platforma iqtisodiyoti.

Abstract

Mazkur maqolada globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida tijorat banklarining raqamli xizmatlar bozoridagi raqobatbardoshligini shakllantirishning fundamental nazariy hamda metodologik asoslari tadqiq etilgan. Bugungi kunda an’anaviy bank raqobati tamoyillari tubdan o‘zgarib, texnologik ustunlik birinchi planga chiqayotganligi sababli, subyektlarning bozordagi barqarorligini ta’minlash mexanizmlarini konseptual qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga keldi. Tadqiqot doirasida raqamli bank xizmati, raqamli bank, mobil banking, internet banking, fintech, bank raqobati va raqamli raqobatbardoshlik tushunchalarining iqtisodiy va funksional mazmuni qiyosiy-tahliliy o‘rganildi. M. Porterning raqobat ustunligi nazariyasi, J. Barneyming resurslarga asoslangan yondashuvi, mijozga yo‘naltirilganlik paradigmasi va platforma iqtisodiyoti konsepsiyalari sintezi asosida banklarning raqamli raqobatbardoshligini shakllantiruvchi strategik omillar tizimlashtirildi. Amalga oshirilgan tizimli va abstrakt-mantiqiy tahlillar natijasida “tijorat bankining raqamli raqobatbardoshligi” tushunchasiga mukammallashtirilgan mualliflik ta’rifi ishlab chiqildi. Ushbu ta’rif asosida raqamli raqobatbardoshlikning etti ta tayanch tarkibiy elementi: raqamli infratuzilma, raqamli mahsulotlar, mijoz tajribasi, xizmat sifati, innovatsionlik, ma’lumotlardan foydalanish salohiyati hamda operatsion-iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari tizimli ravishda asoslab berildi. Bundan tashqari, moliya muassasalarining raqamli muhitdagi mavqeyini kompleks va ko‘p faktorli baholash hamda O‘zbekiston moliya bozoridagi banklarni o‘zaro benchmarking qilish imkonini beruvchi yangi DBCI (Digital Banking Competitiveness Index — Raqamli bank raqobatbardoshligi indeksi) integral indeksining konseptual-matematik modeli taklif etildi. Ishlab chiqilgan mualliflik konsepsiyasi va baholash modeli tijorat banklarining uzoq muddatli raqamli strategiyalarini shakllantirishda, investitsion jozibadorlikni rejalashtirishda hamda fintech ekotizimlari bilan integratsiyalashuv samaradorligini tahlil qilishda amaliy dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Porter M.E. Competitive Strategy: Techniques for Analyzing Industries and Competitors. — New York: Free Press, 1980. — 396 p.

2. Barney J. Firm Resources and Sustained Competitive Advantage // Journal of Management. — 1991. — Vol. 17, No. 1. — P. 99–120.

3. Porter M.E. Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. — New York: Free Press, 1985. — 557 p.

4. Vives X. Digital Disruption in Banking // Annual Review of Financial Economics. — 2019. — Vol. 11. — P. 243–272.

5. Gomber P., Koch J.-A., Siering M. Digital Finance and FinTech: Current Research and Future Research Directions // Journal of Business Economics. — 2017. — Vol. 87. — P. 537–580.

6. Philippon T. The FinTech Opportunity. NBER Working Paper No. 22476. — Cambridge: National Bureau of Economic Research, 2016.

7. Frost J., Gambacorta L., Huang Y., Shin H.S., Zbinden P. BigTech and the Changing Structure of Financial Intermediation // Economic Policy. — 2019. — Vol. 34, No. 100. — P. 761–799.

8. Ozili P.K. Impact of Digital Finance on Financial Inclusion and Stability // Borsa Istanbul Review. — 2018. — Vol. 18, No. 4. — P. 329–340.

9. World Bank. The Global Findex Database 2021: Financial Inclusion, Digital Payments, and Resilience in the Age of COVID-19. — Washington, DC: World Bank, 2022.

10. Bank for International Settlements. Sound Practices: Implications of Fintech Developments for Banks and Bank Supervisors. — Basel: BIS, 2018.

11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Bank tizimi va to‘lov tizimlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar. — Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.

Downloads

Published

2026-10-12

Issue

Section

Economics

How to Cite

TIJORAT BANKLARINING RAQAMLI RAQOBATBARDOSHLIGI: NAZARIY-METODOLOGIK YONDASHUVLAR VA MUALLIFLIK KONSEPSIYASI. (2026). Innovations in Science and Technologies, 3(10), 21-34. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1784