EKO-MEHMONXONALARNING HUDUDNING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI

Mualliflar

  • Sohiba Yunusova Muallif

{$ Etel}:

eko-mehmonxona, ekoturizm, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, barqaror turizm, mahalliy aholi bandligi, tabiiy resurslar, infratuzilma, turizm industriyasi, eko-brend.

Abstrak

Ushbu maqola eko-mehmonxonalarning hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o’rni va ularning strategik ahamiyatini kompleks tadqiq etishga bag’ishlangan. Global iqlim o’zgarishlari va ekologik muammolarning keskinlashuvi sharoitida ekologik turizmga bo’lgan talab ortib bormoqda. Bu holat an’anaviy mehmonxonalardan farqli o’laroq, atrof-muhitga salbiy ta’sirni minimallashtiradigan va barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan ekomehmonxonalar infratuzilmasini jadal rivojlantirishni talab etadi. Izlanish davomida ekomehmonxona biznesining iqtisodiy samaradorligi atroflicha tahlil qilindi. Eko-mehmonxonalar yangi ish o’rinlarini yaratish, mahalliy aholi bandligini ta’minlash, shu orqali mahalliy aholining daromadlarini oshirishga, hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini qo’llab-quvvatlash orqali hududiy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilishda muhim drayver bo’lib xizmat qilishi asoslab berildi. Shuningdek, ushbu maskanlarning ekologik xavfsizlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan (quyosh va shamol energiyasi, suvni qayta ishlash) oqilona foydalanish hamda mahalliy hunarmandchilik va agroturizm mahsulotlarini keng targ’ib etishdagi yetakchi roli yoritildi. Tadqiqotning ijtimoiy jihatlari shuni ko’rsatadiki, eko-mehmonxonalar faoliyati hudud aholisi va tashrif buyuruvchilarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga, milliy an’analar, qadriyatlar va madaniy merosni saqlab qolishga xizmat qiladi. Hozirgi kundagi dunyo miqyosida dolzarb bo’lib turgan aosiy muammolardan biri bu, iqlimning noodatiy holda o’zgarishlarini oldini olishda, shu yo’nalish orqali bir muncha hissa qo’shish mumkinligi ko’rishimiz mumkin, chunki eko-mehmonxonalar imkon qadar tabiatga kamroq chiqindi chiqarishga intiladilar. Yana muhim masalalardan biri chekka hududlarda zamonaviy turizm infratuzilmalari yo’l infratuzilmasi, kammunikatsiya infratuzilmasi, joylashtiruv vositalarini yaxshilash va aholi turmush darajasini oshirishga amaliy hissa qo’shadi. Maqola yakunida hududlarning rekreatsion salohiyatidan samarali foydalanish, dam olish maskanlari hamda eko-mehmonxonalar tarmog’ini kengaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ilg’or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan.

##plugins.themes.default.displayStats.downloads##

##plugins.themes.default.displayStats.noStats##

Bibliografik havolalar

1. GSTC Industry Criteria for Hotels. Global Sustainable Tourism Council. – USA: GSTC, 2021. – 42 p.

2. Green Hotels: A Guide to Sustainable Design and Operation. International Finance Corporation. – 2022.

3. International Tourism Highlights: 2023 Edition. World Tourism Organization. – Madrid : UNWTO, 2023. – 65 p.

4. The Impact of Environmental Management on Hotel Operational Efficiency. Cornell Center for Hospitality Research. – Ithaca : Cornell University Press, 2022. – 118 p.

5. Xodiev, B. Yu. O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash: muammo va yechimlar. B. Yu. Xodiev. – Toshkent: TDIU, 2019. – 312 b.

6. Abdurahmonov, Q. X. Inson taraqqiyoti: darslik. Q. X. Abdurahmonov. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2013. – 430 b.

7. Pardaev, M. Q. Xizmat ko‘rsatish, servis va turizm sohalarini rivojlantirish: muammolar va ularning yechimlari: monografiya. M. Q. Pardaev. – Toshkent: Iqtisodmoliya, 2015. – 216 b.

8. Alimova, M. T. Hududiy turizm bozorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari: iqtisod fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. M. T. Alimova. – Samarqand: SamISI, 2017. – 68 b.

9. Ёкубжанова. Х.Ё. Фарғона водийсида экотуризмни ривожлантириш механизмларини такомиллаштириш. Иқтисодиёт фанлари фалсафа доктори(PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. -А.: АДУ, 2021. – 154-б.

Nashr qilingan

2026-09-24

Nashr

Bo'lim

Iqtisodiyot