SUTNI QAYTA ISHLOVCHI KORXONALARDA INNOVATSION SALOHIYATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Authors

  • Uzganbayeva Dilnoza Toxtasinovna Author

Keywords:

sutni qayta ishlovchi korxonalar, innovatsion salohiyat, innovatsion boshqaruv, innovatsion-investitsion faoliyat, texnologik modernizatsiya, raqamli transformatsiya, rentabellik, SWOT tahlil, ekonometrik model, multiplikativ samara.

Abstract

Mazkur maqolada sutni qayta ishlovchi korxonalarda innovatsion salohiyatni shakllantirish, undan foydalanish va boshqarish samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi sutni qayta ishlash tarmog‘ida mahsulot sifati va xavfsizligiga qo‘yilayotgan talablarning kuchayishi, texnologik modernizatsiya jarayonlarining jadallashishi, raqobat muhitining kengayishi hamda korxonalarning resurslardan samarali foydalanish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotda O‘zbekiston va Farg‘ona viloyatida sutni qayta ishlash sohasining 2015–2025-yillardagi rivojlanish dinamikasi tahlil qilingan. Xususan, qayta ishlangan sut mahsulotlari hajmi, sutni qayta ishlovchi korxonalar soni, innovatsiyalar, investitsiyalar va sog‘in sigirlar soni kabi ko‘rsatkichlar o‘rganilgan. Tadqiqot metodologiyasida tizimli tahlil, statistik tahlil, taqqoslash, ekspert baholash, SWOT va VRIO tahlili hamda ekonometrik modellashtirish usullaridan foydalanilgan. Tahlil natijalari 2015–2025-yillarda O‘zbekistonda qayta ishlangan sut mahsulotlari hajmi 464,5 ming tonnadan 782,9 ming tonnaga, Farg‘ona viloyatida esa 38,6 ming tonnadan 66,8 ming tonnaga oshganini ko‘rsatdi. Shuningdek, sutni qayta ishlovchi korxonalar sonining o‘sishi tarmoqda ishlab chiqarish bazasi kengayib borayotganini ko‘rsatdi. Ekonometrik tahlil natijalaridan kelib chiqib, sog‘in sigirlar soni va sutni qayta ishlovchi korxonalar soni qayta ishlangan sut mahsulotlari hajmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar ekanligi aniqlandi. Tadqiqot natijasida innovatsion salohiyatni strategik, resurs-moliyaviy, texnologik, tashkiliy va kadrlar omillarining integratsiyasi asosida boshqarish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Uzganbayeva, D. T. “Improving innovation management processes in milk and dairy processing enterprises”. Xorazm Ma'mun akademiyasi, № 2/2-2026 71-75 b.

2. Uzganbayeva, D. T. “Factors and Structural Framework for the Formation of Innovation Potential in Milk and Dairy Product Processing”. American Journal of Economics and Business Management Vol. 9 Issue 7 | pp. 638-645.

3. Uzganbayeva, D. T. “Sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida innovatsion salohiyatini iqtisodiy-matematik va faoliyatni boshqaruv mexanizmlari takomillashtirish”. Yangi O‘zbekiston iqtisodiyoti, maxsus son– 2026, № 3/5. 197-200-b. ISSN 978-9943-5256-3-4

4. Uzganbayeva, D. T. “Agro industrial clusters as form of innovative development in the industry”. International Journal of Advance Scientific Research № 4 (3), 239-243 ISSN:2456-0421

5. Uzganbayeva, D. T. “Economic essence of the innovative potential and specific features of the dairy and milk processing industry”. “Zamonaviy ilm-fanda olima ayollarning o‘rni” mavzusidagi II respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Farg’ona davlat texnika universiteti. 2026 yil, 12 fevral. Farg‘ona shahri.608-610 b.

6. Uzganbayeva, D. T. “Sut mahsulotlari qayta ishlovchi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarning o‘zgarish xususiyatlari”. “Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlashning istiqbolli yo’nalishlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. FarDU. 2024 yil, 28 mart. 82-86-b.

7. OECD/Eurostat. Oslo Manual 2018: Guidelines for Collecting, Reporting and Using Data on Innovation. 4th ed. Paris/Luxembourg: OECD Publishing, 2018. DOI: 10.1787/9789264304604-en.

8. FAO. Dairy Production and Products: Processing Systems. Food and Agriculture Organization of the United Nations.

9. Moreira A., Navaia E., Ribau C. Innovation capabilities and their dimensions: A systematic literature review // International Journal of Innovation Studies. 2024. Vol. 8, Issue 3. P. 313–333. DOI: 10.1016/j.ijis.2024.07.001.

10. Saunila M. Innovation capability: A systematic literature review // European Journal of Innovation Management. 2020. Vol. 24, Issue 3. P. 707–734. DOI: 10.1108/EJIM-09-2019-0263.

11. Moreira A. et al. A new framework of firm-level innovation capability: A propensity–ability perspective // European Management Journal. 2023. Vol. 41, Issue 2. P. 236–250. DOI: 10.1016/j.emj.2022.02.002.

12. Damanpour F. Organizational innovation: A meta-analysis of effects of determinants and moderators // Academy of Management Journal. 1991. Vol. 34, No. 3. P. 555–590.

13. Porter M.E. Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. New York: Free Press, 1985.

14. Grant R.M. Contemporary Strategy Analysis. 10th ed. Hoboken: Wiley, 2019.

15. Schumpeter J.A. The Theory of Economic Development. Cambridge, MA: Harvard University Press, 1934.

Downloads

Published

2026-09-19

Issue

Section

Economics

How to Cite

SUTNI QAYTA ISHLOVCHI KORXONALARDA INNOVATSION SALOHIYATNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH. (2026). Innovations in Science and Technologies, 3(9), 219-228. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1727