ANDIJON VILOYATIDA AGROTURIZM FAOLIYATI RIVOJLANISHINING DINAMIKASI VA HUDUDIY TENDENSIYALARI

Authors

  • O‘rishev O‘lmasbek Maxammadjon o‘g‘li Author

Keywords:

agroturizm, qishloq turizmi, turistik salohiyat, agrar resurslar, turistik resurslar, hududiy rivojlanish, turistik infratuzilma, turistik xizmatlar, ichki turizm, turizm iste’moli, fermer xo‘jaliklari, turistik mahsulot, hududiy turizm, raqamli marketing.

Abstract

Mazkur maqolada Andijon viloyatida agroturizm faoliyatining rivojlanish dinamikasi, mavjud agrar va turistik resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda hududiy rivojlanish tendensiyalari kompleks ravishda tadqiq etilgan. Tadqiqotda agroturizmning qishloq xo‘jaligi, turizm, xizmatlar sohasi va mahalliy tadbirkorlik faoliyati bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslangan. Andijon viloyatining bog‘dorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, asalarichilik, issiqxona xo‘jaligi, milliy gastronomiya, hunarmandchilik va qishloq turmush tarziga xos madaniy resurslari agroturistik mahsulotlarni shakllantirishning muhim omillari sifatida baholangan. Tadqiqotda ilmiy abstraksiyalash, analiz va sintez, induksiya va deduksiya, tizimli, qiyosiy, tarixiy-mantiqiy tahlil, umumlashtirish va statistik tahlil usullaridan foydalanilgan. O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasining 2019–2025-yillardagi rivojlanish ko‘rsatkichlari, jumladan, jamoaviy joylashtirish vositalari soni, turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari, mamlakat ichidagi turizm iste’moli, turizm xizmatlari taklifi, sohadagi bandlik hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri turizmda yaratilgan yalpi ichki mahsulot hajmining o‘zgarish dinamikasi tahlil qilingan. Tahlil natijalari 2020-yilda pandemiya ta’sirida turizm ko‘rsatkichlari keskin pasaygan bo‘lsa-da, 2021-yildan boshlab sohada barqaror tiklanish, 2024–2025-yillarda esa yuqori o‘sish sur’atlari shakllanganini ko‘rsatdi. Xususan, 2025- yilda jamoaviy joylashtirish vositalari 1975 birlikka, turizm tarmoqlaridagi bandlik 284 528 kishiga, ichki turizm iste’moli esa 97 553,3 mlrd so‘mga yetgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Andijon viloyatida agrar ishlab chiqarishni turistik xizmatlar bilan integratsiyalash, fermer va dehqon xo‘jaliklarini turizm qiymat zanjiriga jalb qilish, yangi agroturistik marshrutlar va turistik mahsulotlarni shakllantirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda raqamli marketing vositalaridan foydalanish hududiy agroturizmni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida taklif etilgan. Mazkur yondashuv qishloq hududlarida bandlik va daromadlarni oshirish, mahalliy mahsulotlarni targ‘ib qilish hamda hududning turistik jozibadorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. OECD. OECD Tourism Trends and Policies 2022. – Paris: OECD Publishing, 2022. – 356 p.

2. UNWTO. Recommendations on Tourism and Rural Development – A Guide to Making Tourism an Effective Tool for Rural Development. – Madrid: World Tourism Organization (UNWTO), 2020. – 96 p.

3. Lane B. (1994). What is Rural Tourism? Journal of Sustainable Tourism. Vol. 2, No. 1–2. P. 7–21.

4. Roberts L., Hall D. (2001). Rural Tourism and Recreation: Principles to Practice. Wallingford: CABI Publishing. 256 p.

5. Sharpley R., Sharpley J. (1997). Rural Tourism: An Introduction. London: International Thomson Business Press. 165 p.

6. Tuxliyev I.S., Hayitboyev R., Safarov B.Sh., Tursunova G.R. Turizm asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2014. – 332 b.

7. Tuxliyev I.S., Qudratov G'.H., Pardaev M.Q. Turizmni rejalashtirish. – Toshkent: Iqtisod-moliya, 2010. – 263 b.

8. Rosalina P.D., Dupre K., Wang Y. Rural tourism: A systematic literature review on definitions and challenges // Journal of Hospitality and Tourism Management. – 2021. – Vol. 47. – P. 134–149. – DOI: 10.1016/j.jhtm.2021.03.001.

9. Barbieri C. Agritourism research: a perspective article // Tourism Review. – 2020. – Vol. 75, No. 1. – P. 149–152. – DOI: 10.1108/TR-05-2019-0152.

10. Ndhlovu E., Dube K. Agritourism and sustainability: A global bibliometric analysis of the state of research and dominant issues // Journal of Outdoor Recreation and Tourism. – 2024. – Vol. 46. – Article 100746. – DOI: 10.1016/j.jort.2024.100746.

11. Gálvez Nogales E., Puntsagdavaa A., Casari G., Bennett A. Linking agriculture and tourism to strengthen agrifood systems in Asia and the Pacific. – Rome: FAO, 2023. – ISBN 978-92-5-138026-0.

Downloads

Published

2026-09-18

Issue

Section

Economics

How to Cite

ANDIJON VILOYATIDA AGROTURIZM FAOLIYATI RIVOJLANISHINING DINAMIKASI VA HUDUDIY TENDENSIYALARI. (2026). Innovations in Science and Technologies, 3(9), 149-163. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1717