TURISTIK MAJMUALARNI BOSHQARISHDA KOORDINATSIYA BO‘SHLIG‘I VA UNI RAQAMLI PLATFORMA ASOSIDA BARTARAF ETISHNING KONSEPTUAL MODELI
Keywords:
turistik majmua, koordinatsiya, raqamli platforma, platforma ekotizimi, aqlli turizm, turizm klasteri, destinatsiya boshqaruvi, kontent-tahlil, bog‘liqliklar, konseptual model.Abstract
O‘zbekistonda turistik oqimning keskin o‘sishi va sohani raqamlashtirish siyosati sharoitida bir hududda faoliyat yurituvchi mustaqil subyektlar o‘rtasidagi kundalik hamkorlik turistik majmua samaradorligining hal qiluvchi omiliga aylanmoqda. Maqolada turistik majmualarni boshqarishning nazariy asoslari koordinatsiya nazariyasi nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning maqsadi ilmiy adabiyot va me’yoriy hujjatlarda turistik majmua ichidagi kundalik koordinatsiya qay darajada yoritilganini aniqlash hamda uni raqamli platforma asosida tashkil etishning konseptual modelini ishlab chiqishdan iborat. Integrativ adabiyotlar sharhi va deduktiv sifat kontent-tahlili usullari qo‘llanildi: destinatsiya va boshqaruv, klaster, aqlli turizm hamda platforma ekotizimi yo‘nalishlariga mansub 24 ta ilmiy manba hamda to‘rtta milliy me’yoriy hujjat besh mezon bo‘yicha 0–2 shkalada kodlandi. Natijalarga ko‘ra, manbalarda tarmoq o‘lchovi eng to‘liq yoritilgan (qamrov indeksi 0,77), raqamli koordinatsiya vositasi esa o‘rtacha darajada (0,50) ochilgan. Biroq mezo, ya’ni majmua darajasida tahlil qilingan manbalarda raqamli vosita qamrovi atigi 0,12 ni tashkil etdi. Tarmoq, koordinator subyekt va raqamli vositani birgalikda chuqur ko‘rib chiqqan sakkizta manbaning birortasi ham majmua darajasida emas. Milliy me’yoriy hujjatlarda ham raqamli koordinatsiya milliy platforma darajasida belgilangan, klaster maqomi esa ishtirokchilar o‘rtasidagi ichki koordinatsiya tartibini nazarda tutmaydi. Shu asosda “koordinatsiya bo‘shlig‘i” tushunchasi aniqlashtirildi, turistik majmuaning muallif ta’rifi berildi hamda makonresurs, tarmoq, rivojlanish va integrallovchi koordinatsiya o‘lchovlaridan iborat to‘rt o‘lchovli model taklif etildi. Modelda majmuadagi uch turdagi bog‘liqlik (umumiy resurslar, ketma-ket xizmatlar va bir vaqtdagi talab) muayyan platforma mexanizmlari va o‘lchanadigan ko‘rsatkichlar bilan bog‘langan. Natijalar majmua darajasidagi raqamli platformani milliy yagona turizm platformasini to‘ldiruvchi koordinatsiya qatlami sifatida loyihalash uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ishning cheklovlari va keyingi empirik tadqiqot yo‘nalishlari ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Downloads
References
1. Gretzel U., Sigala M., Xiang Z., Koo C. Smart tourism: foundations and developments // Electronic Markets. – 2015. – Vol. 25, No. 3. – P. 179–188.
2. Sigala M. New technologies in tourism: From multi-disciplinary to anti-disciplinary advances and trajectories // Tourism Management Perspectives. – 2018. – Vol. 25. – P. 151–155.
3. Buhalis D., Amaranggana A. Smart tourism destinations // Information and Communication Technologies in Tourism 2014 / eds. Z. Xiang, I. Tussyadiah. – Cham: Springer, 2014. – P. 553–564.
4. Gössling S. Tourism, technology and ICT: a critical review of affordances and concessions // Journal of Sustainable Tourism. – 2021. – Vol. 29, No. 5. – P. 733–750.
5. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. 2025-yilda O‘zbekistonga 11,7 million nafar turist kelgan. – 16.01.2026. – URL: https://stat.uz/uz/matbuotmarkazi/qo-mita-yangiliklar/66309-2025-jilda-zbekistonga-11-7-million-nafar-turistkelgan-2
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni. – URL: https://lex.uz
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-dekabrdagi “Turizm sohasini raqamlashtirish va turistik xizmatlarni yagona platformaga birlashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi 820-son qarori. – URL: https://lex.uz/docs/7252698
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi “Turistik klasterlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 915-son qarori. – URL: https://lex.uz/docs/7303189
9. Butler R.W. The concept of a tourist area cycle of evolution: implications for management of resources // Canadian Geographer. – 1980. – Vol. 24, No. 1. – P. 5–12.
10. Porter M.E. Clusters and the new economics of competition // Harvard Business Review. – 1998. – Vol. 76, No. 6. – P. 77–90.
11. Ritchie J.R.B., Crouch G.I. The Competitive Destination: A Sustainable Tourism Perspective. – Wallingford: CABI Publishing, 2003. – 272 p.
12. Xomidov Q.Q. O‘zbekistonda turistik majmualar faoliyatini boshqaruv samaradorligini oshirish yo‘llari // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. – 2023. – № 3. – B. 154–160. – DOI: 10.55439/EIT/vol11_iss3/i16
13. Xushvaqtov R. Qashqadaryo viloyatida turizm klasterlarini rivojlantirish va iqtisodiy integratsiya // Green Economy and Development. – 2025. – Vol. 3 (aprel, maxsus son). – DOI: 10.5281/zenodo.16746125
14. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-iyuldagi “Turizm to‘g‘risida”gi O‘RQ-549-son Qonuni. – URL: https://lex.uz/docs/4428097
15. Buhalis D. Marketing the competitive destination of the future // Tourism Management. – 2000. – Vol. 21, No. 1. – P. 97–116.
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
License Terms of our Journal


