TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIGA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI JORIY ETISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Keywords:
tijorat banklari, sun’iy intellekt, raqamli transformatsiya, bank xizmatlari, kredit risklari, mashinaviy o‘qitish, moliyaviy texnologiyalar, firibgarlikni aniqlash, operatsion samaradorlik, axborot xavfsizligi.Abstract
Maqolada tijorat banklari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Bank xizmatlarini raqamlashtirish sharoitida sun’iy intellektdan foydalanishning iqtisodiy ahamiyati, boshqaruv jarayonlariga ta’siri hamda moliyaviy xizmatlar sifatini yaxshilashdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda kredit risklarini baholash, firibgarlik holatlarini aniqlash, mijozlar bilan o‘zaro aloqalarni takomillashtirish, operatsion xarajatlarni kamaytirish va bank xizmatlarini individuallashtirish yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, mashinaviy o‘qitish, tabiiy tilni qayta ishlash, intellektual chatbotlar va prognozlash algoritmlarining bank operatsiyalariga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish samaradorligini baholashda xarajatlar va daromadlar nisbati, operatsiyalarni bajarish tezligi, kredit risklarini aniqlash aniqligi, firibgarlik holatlarini kamaytirish darajasi hamda mijozlar qoniqishi kabi ko‘rsatkichlardan foydalanish yondashuvi asoslangan. Tadqiqot davomida tizimli va qiyosiy tahlil, ilmiy adabiyotlarni o‘rganish, mantiqiy umumlashtirish hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarni baholash usullariga tayaniladi. Tahlillar asosida sun’iy intellektni bank faoliyatiga integratsiya qilishda ma’lumotlar sifati, axborot xavfsizligi, algoritmik xatolar, malakali mutaxassislar еtishmasligi va texnologik xarajatlar bilan bog‘liq muammolar aniqlashtiriladi.
Downloads
References
1. Mutalova M. (2024). O‘zbekiston bank sohasini rivojlantirishda sun’iy intellektning o‘rni. Muhandislik va iqtisodiyot, 2(4). https://doi.org/10.5281/zenodo.14540098
2. Kamolov S. (2025). O‘zbekiston banklarida sun’iy intellekt foydalanish samaradorligini oshirish. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. https://doi.org/10.5281/zenodo.16750181
3. Normo‘minov T. (2025). Bank xizmatlarida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish istiqbollari: Risklar va imkoniyatlar. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 3(11), 163–169. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2025-vol3-iss11-pp163-169
4. Kalyani, S., & Gupta, N. (2023). Is artificial intelligence and machine learning changing the ways of banking: A systematic literature review and metaanalysis. Discover Artificial Intelligence, 3, Article 41. https://doi.org/10.1007/s44163-023-00094-0
5. Pattnaik, D., Ray, S., & Raman, R. (2024). Applications of artificial intelligence and machine learning in the financial services industry: A bibliometric review. Heliyon, 10(1), e23492. https://doi.org/10.1016/j.heliyon.2023.e23492
6. Polireddi, N. S. A. (2024). An effective role of artificial intelligence and machine learning in banking sector. Measurement: Sensors, 33, 101135. https://doi.org/10.1016/j.measen.2024.101135
7. Балаян В.С. (2024). Развитие искусственного интеллекта в банковской сфере: Возмозҳности и вйзовй. Экономика и бизнес: теория и практика, (4-1), 39–44.
8. Cаприан И. (2023). The application of artificial intelligence for the purpose of combating bank fraud. Економика та суспилство, (2), 204–212. https://doi.org/10.32983/2222-0712-2023-2-204-212
9. Пилипенко А.Э., & Кукартсев В.В. (2021). Исползование чат-ботов в банковской сфере. Актуалнйе проблемй авиатсии и космонавтики.
10. Berdiyarov B. (2025). Mechanism for implementing artificial intelligence technologies in the operations of commercial banks in Uzbekistan. Innovation Science and Technology, 1(12). https://doi.org/10.5281/zenodo.17847007
11. Norova N.N. (2024). Tijorat banklarining daromadliligini sun’iy intellekt orqali rivojlantirish istiqbollari. Iqtisodiyot va turizm. https://interjournal.uz/index.php/journals/article/view/187
12. Mirpulatova L.M. (2023). Tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni. Zamonaviy fan, ta’lim va ishlab chiqarish muammolarining innovatsion еchimlari, 10, 27–30. https://conference.scienceboxuz.uz/index.php/zamonaviy/article/view/563
14. Turg‘unov M.M., & Maxammadov D.M. (2026). Raqamli iqtisodiyot sharoitida tijorat banklarida boshqaruv faoliyatini takomillashtirishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati. Insonshunoslik fanlari jurnali, 2(1).
15. Turg‘unov M.M., & Maxammadov D.M. (2025). Tijorat banklarida innovatsion faoliyatni moliyaviy tahlil qilish. Insonshunoslik fanlari jurnali, 1(1).
Downloads
Published
Issue
Section
License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
License Terms of our Journal


