RESTORAN XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI KORXONALARDA JORIY QILINGAN INNOVATSIYALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI

Authors

  • Saidov Nuriddin Xusenovich Author

Keywords:

restoran xizmatlari, innovatsiya, samaradorlik, raqamlashtirish, xizmat innovatsiyasi, ROI, qoplanish muddati, farqlar farqi usuli, mijoz qoniqishi, integral indeks.

Abstract

Mazkur maqolada restoran xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarda joriy etiladigan mahsulot, jarayon, xizmat, marketing, tashkiliy va raqamli innovatsiyalar samaradorligini baholashning nazariy-uslubiy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida raqobat kuchayib borayotgani, amaliyotda esa innovatsiya natijasi ko‘pincha faqat tushum o‘sishi bilan o‘lchanib, mavsumiylik va narxlar o‘zgarishi kabi tashqi omillar ta’siri innovatsiya samarasi deb qabul qilinayotgani bilan asoslangan. Oslo qo‘llanmasi hamda restoran innovatsiyalariga oid so‘nggi xorijiy empirik tadqiqotlar umumlashtirilgan. Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, tasniflash, iqtisodiy tahlil, indeks usuli, ko‘rsatkichlarni normallashtirish va ekspert baholash usullaridan foydalanilgan. Innovatsiya natijasini faqat daromad yoki foyda o‘sishi bilan baholash restoran faoliyatining ko‘p qirrali xususiyatlarini to‘liq aks ettirmasligi asoslangan. Innovatsiyalar natija hosil qilish mexanizmi bo‘yicha tasniflanib, ularning samaradorligini iqtisodiy, operatsion, mijoz, mehnat, raqamli va strategik yo‘nalishlarda baholash tizimi ishlab chiqilgan. Iqtisodiy samaradorlikni baholash uchun ROI, qoplanish muddati, sof joriy qiymat va xarajatlarni tejash darajasi ko‘rsatkichlari tizimlashtirilgan. Innovatsiyaning sof ta’sirini mavsumiylik va tashqi omillardan ajratish uchun nazorat obyekti bilan qiyoslash (farqlar farqi) usuli hamda restoran innovatsiyalari samaradorligining integral indeksi (RISI) va uni talqin qilish shkalasi taklif etilgan. QR-menyu va onlayn buyurtma tizimini joriy etgan restoran misolidagi shartli hisob-kitob RISI = 1,118 ga teng bo‘lishini, nazorat obyektisiz baholash esa moliyaviy samarani qariyb 2,3 baravar oshirib ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatgan. Hisob-kitob natijalari QRmenyu va onlayn buyurtma tizimining asosiy samarasi raqamli va operatsion bloklarda, ya’ni xizmat tezligi va raqamli kanal kengayishida namoyon bo‘lishini, moliyaviy natija esa nisbatan sekin shakllanishini ko‘rsatgan. Restoran korxonalari uchun innovatsiyalar samaradorligini baholashni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son Farmoni. 28.01.2022-y. [Elektron resurs] // Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. – URL: https://lex.uz/docs/5841063

2. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati (2025-yil yanvar–noyabr) [Elektron resurs] // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. – 2025. – URL: https://stat.uz/img/news/talil_2025_jil_yanvar-noyabr-lotin-_p11995.pdf (murojaat sanasi: 09.10.2026).

3. OECD/Eurostat. Oslo Manual 2018: Guidelines for Collecting, Reporting and Using Data on Innovation [Text]: manual. – 4th ed. – Paris: OECD Publishing; Luxembourg: Eurostat, 2018. – 256 p.

4. Anjos S.J.G., Kuhn V.R. The role of transformational leadership and innovation adoption in restaurant performance [Text]: scientific article // Tourism & Management Studies. – 2024. – Vol. 20, No. 1. – P. 49–64.

5. Card D., Krueger A.B. Minimum wages and employment: A case study of the fast-food industry in New Jersey and Pennsylvania [Text]: scientific article // American Economic Review. – 1994. – Vol. 84, No. 4. – P. 772–793.

6. Huang S.-L., Siao H.-R. Factors affecting the implementation of online food delivery and its impact on restaurant performance during the COVID-19 pandemic [Text]: scientific article // Sustainability. – 2023. – Vol. 15, No. 16. – Art. 12147.

7. Kimes S.E. Implementing restaurant revenue management: A five-step approach [Text]: scientific article // Cornell Hotel and Restaurant Administration Quarterly. – 1999. – Vol. 40, No. 3. – P. 16–21.

8. Lee C., Hallak R., Sardeshmukh S.R. Creativity and innovation in the restaurant sector: Supply-side processes and barriers to implementation [Text]: scientific article // Tourism Management Perspectives. – 2019. – Vol. 31. – P. 54–62.

9. Lee C., Pung J.M., Del Chiappa G. Exploring the nexus of tradition, modernity, and innovation in restaurant SMEs [Text]: scientific article // International Journal of Hospitality Management. – 2022. – Vol. 100. – Art. 103091.

10. Tan T.F., Netessine S. At your service on the table: Impact of tabletop technology on restaurant performance [Text]: scientific article // Management Science. – 2020. – Vol. 66, No. 10. – P. 4496–4515.

11. Wiastuti R.D., Rashid B. Evaluating restaurant innovativeness – The Generation Z perspective across dining format [Text]: scientific article // International Journal of Sustainable Development and Planning. – 2024. – Vol. 19, No. 1. – P. 149–159.

Downloads

Published

2026-10-20

Issue

Section

Economics

How to Cite

RESTORAN XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI KORXONALARDA JORIY QILINGAN INNOVATSIYALAR SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI. (2026). Innovations in Science and Technologies, 3(10), 101-110. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1794