O‘ZBEKISTON HUDUDLARINING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI INTEGRAL BAHOLASH VA MINTAQAVIY NOMUTANOSIBLIKLARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI

Authors

  • Urinov Bahrom Jamoliddinovich Author

Keywords:

investitsion jozibadorlik, integral baholash, investitsion salohiyat, notijorat investitsiya xavfi, mintaqaviy nomutanosiblik, hududlar tipologiyasi, investitsiya faolligi, salohiyatdan foydalanish samaradorligi, erkin iqtisodiy zona, klaster siyosati.

Abstract

Maqolada O‘zbekiston Respublikasining 14 ta ma’muriy hududi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri — bo‘yicha investitsion jozibadorlikni integral baholashning mualliflik metodikasi ishlab chiqilgan va 2020–2025-yillar rasmiy statistik ma'lumotlari asosida aprobatsiya qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi investitsiya oqimlarining hududlar o‘rtasida keskin nomutanosib taqsimlanishi bilan belgilanadi: 2025-yil yanvar–sentabr oylarida o‘zlashtirilgan 443,6 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalarning 38,0 foizi aholining atigi 19,5 foizi istiqomat qiladigan uchta hududga to‘g‘ri kelgan. Metodologik asos sifatida investitsion salohiyat va notijorat investitsiya xavfining qarama-qarshi yo‘nalishdagi ta'sirini umumlashtiruvchi integral ko‘rsatkich konsepsiyasi tanlangan. Model to‘qqizta xususiy omilni — beshtasi salohiyat, to‘rttasi xavf bloklarini — respublika o‘rtacha darajasiga nisbatan standartlashtirish, og‘irlik koeffitsientlari bo‘yicha agregatlash va darajali funksiya orqali integral indeksga keltirishni nazarda tutadi. Umumlashgan og‘irlik koeffitsientlari investitsiya faolligi bilan korrelyatsiya zichligi asosida hisoblangan. Natijada hududlarning integral reytingi tuzilgan, «salohiyat — xavf» matritsasi bo‘yicha to‘rt kvadrantli tipologiya va salohiyatdan foydalanish samaradorligi koeffitsienti bo‘yicha guruhlash amalga oshirilgan. Yetakchi Navoiy viloyati (1,548) bilan quyi pog‘onadagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi (0,771) o‘rtasidagi tafovut 2,01 barobarni tashkil etadi. Model investitsiya faolligi bilan kuchli korrelyatsiyani namoyon etdi. Jon boshiga investitsiyalar bo‘yicha ekstremal tafovut qisqargan bo‘lsa-da, aholi bilan vaznlangan Jini koeffitsienti o‘sib, divergensiya kuchaygan. Hududlarning 35,7 foizi «past salohiyat — yuqori xavf» kvadrantida bo‘lib, unda aholining 42,3 foizi to‘plangan. Xomashyoga boy viloyatlarning reytingda quyi o‘rinni egallashi «resurs la'nati» mexanizmi bilan izohlangan. Tavsiyalar erkin iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari va klaster siyosatini hududlarning qiyosiy ustunliklariga moslashtirishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari hududiy investitsiya siyosatini shakllantirishda, davlat investitsiya dasturlari doirasida mablag‘larni taqsimlashda hamda hududlar reytingini monitoring qilish tizimini yo‘lga qo‘yishda amaliy qo‘llanilishi mumkin.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Asian Development Bank. Asian Development Outlook 2024: Uzbekistan. — Manila: ADB, 2024.

2. Бей Э.И. Инвестиционная привлекательность регионов как фактор развития национальной экономики: дис. ... канд. экон. наук: 08.00.05. — М.: Государственный университет управления, 2008. — 188 с.

3. Esanaliev O.Yu. Hududiy investitsion faoliyatni rivojlantirishda kichik sanoat zonalarining ahamiyati // Innovations in Science and Technologies. — 2025. — Т. 2, № 10. — Б. 88–95. — URL: https://doi.org/10.5281/zenodo.17672127

4. Frick S.A., Rodríguez-Pose A., Wong M.D. Toward economically dynamic special economic zones in emerging countries // Economic Geography. — 2019. — Vol. 95, № 1. — P. 30–64.

5. Гришина И.В. Анализ и оценка инвестиционной привлекательности регионов России: методология и результаты // Инвестиции в России. — 2005. — № 4. — С. 3–15.

6. Iammarino S., Rodríguez-Pose A., Storper M. Regional inequality in Europe: evidence, theory and policy implications // Journal of Economic Geography. — 2019. — Vol. 19, № 2. — P. 273–298.

7. Krugman P. Increasing returns and economic geography // Journal of Political Economy. — 1991. — Vol. 99, № 3. — P. 483–499.

8. Markowitz H. Portfolio selection // The Journal of Finance. — 1952. — Vol. 7, № 1. — P. 77–91.

9. Mustafakulov Sh.I. O‘zbekiston–2030 strategiyasi: hududiy iqtisodiy rivojlanish doirasida viloyatlar o‘rtasidagi iqtisodiy tafovutlarni kamaytirish masalalari // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. — 2025. — Т. 13, № 7.

10. OECD. Roadmap for Sustainable Investment Policy Reforms in Uzbekistan. — Paris: OECD Publishing, 2022.

11. Otajanov U.A. Comprehensive assessment of the regional investment potential of the Republic of Uzbekistan // International Journal of Multidisciplinary Research and Analysis. — 2021. — Vol. 4, № 11.

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalarning o‘zlashtirilishi. — Toshkent, 2025. — URL: https://stat.uz

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. Hududlar kesimida doimiy aholi soni (01.07.2025 holatiga). — Toshkent, 2025. — URL: https://stat.uz

14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi. Yalpi hududiy mahsulot va aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot. — Toshkent, 2025. — URL: https://stat.uz

15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son «O‘zbekiston–2030» strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni. — URL: https://lex.uz

16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-dekabrdagi PQ-459-son «O‘zbekiston Respublikasining 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori. — URL: https://lex.uz

17. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-598-son «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni. — URL: https://lex.uz

18. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-fevraldagi O‘RQ-604-son «Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi Qonuni. — URL: https://lex.uz

19. Porter M.E. Clusters and the new economics of competition // Harvard Business Review. — 1998. — Vol. 76, № 6. — P. 77–90.

20. Rodríguez-Pose A. The revenge of the places that don’t matter (and what to do about it) // Cambridge Journal of Regions, Economy and Society. — 2018. — Vol. 11, № 1. — P. 189–209.

21. Ройзман И., Гришина И., Шахназаров А. Комплексная оценка инвестиционной привлекательности и инвестиционной активности российских регионов // Инвестиции в России. — 2001. — № 4. — С. 5–16.

22. Sachs J.D., Warner A.M. The curse of natural resources // European Economic Review. — 2001. — Vol. 45, № 4–6. — P. 827–838.

23. UNCTAD. World Investment Report 2025. — Geneva: United Nations, 2025.

24. World Bank. Uzbekistan Country Economic Update. — Washington, D.C.: World Bank Group, 2023. Yormonqulova N.I. Mintaqaviy tafovutlar va iqtisodiy rivojlanishda investitsiyalar o‘rni // Qo‘qon universiteti xabarnomasi. — 2025. — Т. 15, № 16. — Б. 62–65.

Downloads

Published

2026-09-23

Issue

Section

Economics

How to Cite

O‘ZBEKISTON HUDUDLARINING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI INTEGRAL BAHOLASH VA MINTAQAVIY NOMUTANOSIBLIKLARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI. (2026). Innovations in Science and Technologies, 3(9), 331-343. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1737