MINTAQALARDA TO‘QIMACHILIK SANOATI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI EKONOMETRIK BAHOLASH

Authors

  • Shoyimov Adiz Sadredinovich Author

Keywords:

to‘qimachilik sanoati, mintaqaviy rivojlanish, panel ma’lumotlar, qat’iy effektli model, Hausman testi, Kobb–Duglas funksiyasi, elastiklik, klasterlashuv, tayyor mahsulot ulushi, eksport.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston mintaqalarida to‘qimachilik sanoati rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar panel ma’lumotlar ekonometrikasi usullari asosida baholangan. Tadqiqotning dolzarbligi tarmoq ishlab chiqarish quvvatlarining hududlar bo‘yicha notekis joylashuvi, paxta-to‘qimachilik klasterlari modeliga o‘tish va eksport tarkibining tayyor mahsulot tomon siljishi sharoitida hududiy siyosatni asoslash uchun omillar ta’sir kuchini miqdoriy aniqlash zarurati bilan izohlanadi. Tahlil Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 12 ta viloyat bo‘yicha 2017–2024-yillarni qamrab olgan 104 ta kuzatuvga asoslandi. Kengaytirilgan Kobb–Duglas ishlab chiqarish funksiyasi doirasida asosiy kapitalga investitsiyalar, band xodimlar soni, paxta xomashyosi resursi, eksport hajmi, tayyor mahsulot ulushi va paxta maydonlarining klasterlar bilan qamrab olinish darajasining ishlab chiqarish hajmiga ta’siri yig‘ma eng kichik kvadratlar usuli, tasodifiy va qat’iy effektli modellar yordamida baholandi. F-test, Breusch–Pagan va Hausman testlari asosida qat’iy effektli model maqbul spetsifikatsiya sifatida tanlandi, geteroskedastiklik, avtokorrelyatsiya, kesimlararo bog‘liqlik va multikollinearlik diagnostika qilindi. Natijalarga ko‘ra, mehnat (0,303), investitsiya (0,254), eksport (0,189) va xomashyo (0,142) omillarining elastikligi statistik ahamiyatli bo‘lib, ularning yig‘indisi birdan kichik; tayyor mahsulot ulushining 1 foiz punktga oshishi ishlab chiqarishni o‘rtacha 0,70 foizga ko‘paytiradi. Klasterlashuv ta’siri vaqt effektlari hisobga olinganda statistik ahamiyatini yo‘qotdi. Hududiy individual effektlar Namangan, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida musbat, Sirdaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida manfiy ekani aniqlandi. Tadqiqotda ishlab chiqarish funksiyasi, klasterlar va global qiymat zanjirlari nazariyalarini uyg‘unlashtirgan holda an’anaviy, resurs, bozor va institutsional-tarkibiy omillarni yagona panel modelda baholash yondashuvi taklif etilgan. Olingan natijalar asosida hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga oluvchi differensiatsiyalashgan to‘qimachilik siyosati bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Natijalardan hududiy investitsiya dasturlari va tarmoqni rivojlantirish strategiyalarini shakllantirishda foydalanish mumkin.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. – URL: https://lex.uz/docs/-3459667

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-fevraldagi PQ-4186-son “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-yanvardagi PF-2-son “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. – URL: https://lex.uz/uz/docs/-6351331

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son “«O‘zbekiston – 2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. – URL: https://lex.uz/docs/6600413

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-maydagi PF-71-son “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. – URL: https://lex.uz/uz/docs/-6908347

6. Altenburg T., Chen X., Lütkenhorst W., Staritz C., Whitfield L. Exporting out of China or out of Africa? Automation versus relocation in the global clothing industry. Discussion Paper 1/2020. – Bonn: German Development Institute (DIE), 2020.

7. Atkin D., Khandelwal A.K., Osman A. Exporting and firm performance: Evidence from a randomized experiment // The Quarterly Journal of Economics. – 2017. – Vol. 132, No. 2. – P. 551–615. – DOI: 10.1093/qje/qjx002

8. Babadjanov J., Petrick M. Uzbekistan’s cotton clusters in the context of the industrial policy debate // Eurasian Geography and Economics. – 2025. – Vol. 66, No. 3. – P. 354–383. – DOI: 10.1080/15387216.2023.2267093

9. Bae E.Y., Mah J.S. The role of industrial policy in the economic development of Uzbekistan // Post-Communist Economies. – 2019. – Vol. 31, No. 2. – P. 240-257.

10. Baltagi B.H. Econometric Analysis of Panel Data. 6th ed. – Cham: Springer, 2021.

11. Breusch T.S., Pagan A.R. The Lagrange multiplier test and its applications to model specification in econometrics // The Review of Economic Studies. – 1980. – Vol. 47, No. 1. – P. 239–253. – DOI: 10.2307/2297111

12. Cobb C.W., Douglas P.H. A theory of production // The American Economic Review. – 1928. – Vol. 18, No. 1. – P. 139–165.

13. Drukker D.M. Testing for serial correlation in linear panel-data models // The Stata Journal. – 2003. – Vol. 3, No. 2. – P. 168–177. – DOI: 10.1177/1536867X0300300206

14. Gereffi G. International trade and industrial upgrading in the apparel commodity chain // Journal of International Economics. – 1999. – Vol. 48, No. 1. – P. 37–70. – DOI: 10.1016/S0022-1996(98)00075-0

15. GIZ. A Textile Giant in the Making? A Look at the Textile and Apparel Sector in Uzbekistan. – Tashkent: Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit, 2024.

16. Greene W.H. Econometric Analysis. 8th ed. – New York: Pearson, 2018.

17. Hausman J.A. Specification tests in econometrics // Econometrica. – 1978. – Vol. 46, No. 6. – P. 1251–1271. – DOI: 10.2307/1913827

18. Krugman P. Increasing returns and economic geography // Journal of Political Economy. – 1991. – Vol. 99, No. 3. – P. 483–499. – DOI: 10.1086/261763

19. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasida sanoat ishlab chiqarishi: press-reliz. – 2026. – URL: https://stat.uz/img/press-relizlar/press-reliz-sanoat-25_02_2026-j_-zb-lotin_p53718.pdf

20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. To‘qimachilik sanoatida yil yakunlari hamda kelgusi ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi. 23.12.2025. – URL: https://president.uz/uz/lists/view/8828

Downloads

Published

2026-09-11

Issue

Section

Economics

How to Cite

MINTAQALARDA TO‘QIMACHILIK SANOATI RIVOJLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI EKONOMETRIK BAHOLASH. (2026). Innovations in Science and Technologies, 3(9), 77-91. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1715

Similar Articles

1-10 of 926

You may also start an advanced similarity search for this article.